Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (TXKMRM) qoshidagi travmatologiya va ortopediya kafedrasi 1940 yilda B.I. Berliner boshchiligida tashkil qilingan. Kafedraning tashkil topishi Ulugʼ Vatan urushi davriga toʼgʼri kelgan va shu tariqa kafedra xodimlari nafaqat mutaxassis-vrachlarni tayyorlash bilan cheklanmay, balki Ulugʼ Vatan urushi nogironlarini davolash bilan bogʼliq boʼlgan ilmiy ishlar bilan xam shugʼullanganlar. 1952 yilda kafedra dotsentlik kursiga aylantirilib, qayta tashkil etilgan. Bu davrda oʼquv ishlarini kafedra assistenti Marchenko M.I. olib bordi.
B.I. Berliner
1955 yilda dotsentlik kursi mudir lavozimiga TOITI ning katta ilmiy xodimi N.M. Shamatov saylangan 1960 yilda dotsentlik kursi qaytadan travmatologiya va ortopediya kafedrasiga aylantirilib, shtatida kafedra mudiri N.M. Shamatov va ikki assistent, M.I. Marchenko xamda tibbiyot fanlari nomzodi V.V. Sinyov boʼlganlar. 1964 yilda kafedra 5 kishidan iborat boʼlib, kafedra mudiri professor N.M.Shamatov, dotsent V.V.Sinyov, assistentlar, tibbiyot fanlari nomzodi F.K. Maqsumova, U.S. Islombekov, Sh.Sh. Xamraev.
N.M. Shamatov
1975 yil iyun oyida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagach kafedra mudiri lavozimiga Sh.Sh. Xamraev saylandi. 1976 yilda professor ilmiy unvoni berildi. 1974 yilda doktorlik dissertatsiyasini kafedra assistenti Islombekov U.S. yoqlab, 1977 yil may oyida TOITI qoshidagi jaroxat asorati boʼlimiga ilmiy raxbar etib tayinlandi. Kafedra assistenti U.S. Islombekov oʼrniga K. Yuldoshev taklif etildi.
Sh.Sh.Xamraev
1985 yilda professor Sh.Sh.Xamraevning boshqa ishga utishi munosabati bilan kafedra mudiri lavozimiga tibbiyot fanlari doktori U.S. Islombekov tayinlandi. F.K. Maqsumova oʼrniga esa assistent lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi А.I.Gʼiyosov tayinlandi va 1988 yilgacha ishladi. Keyinchalik kafedra assistenti lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi K.R. Nomozov taklif qilindi. Dotsent V.V.Sinyov 1992 yilgacha kafedrada ish faoliyatini olib bordilar.
1992 yil dotsent V.V. Sinyov nafaqaga chiqishi va boshqa ishga oʼtishi munosabati bilan kafedra dotsenti lavozimiga t.f.n. K.R. Namazov tayinlandi. 1996 yilda dotsent Q.R. Namozov kasallik natijasida nogironlik nafaqasiga chiqdi. 1997 yildan dotsent lavozimida X.M. Karimov ishlab kelmoqda
U.S. Islombekov
2004 yil sentyabrь oyida kafedra mudiri etib t.f.d. professor M.J. Аzizov tayinlandi, professor U.S. Islombekov kafedra professori lavozimida ish faoliyatini davom ettirdi. M.J. Аzizovning kafedraga raxbarligi davrida 100 ortiq ilmiy ishlar chop etildi, 10 ortiq ixtiro va foydali modellar ishlab chiqildi, 20 ortiq ilmiy-amaliy konferentsiya, form va travmatolog-ortopedlar yegʼilishi oʼtkazildi, chet mamlakatlardagi ilmiy tekshirish institutlari va ilmiy amaliy markazlari bilan xamkorlik ishlari olib borilgan. M.J. Аzizov kattalar ortopediyasining eng yetakchi mutaxasisi xisoblanib, Oʼzbekiston Respublikasida yirik boʼgʼimlarni endoprotezlash operattsiyasini joriy kilishda eng birinchilardan va travmatologiya va ortopediya maktabini rivojlantirishda eng katta xis qoʼshganlardan biri boʼlgan. M.J. Аzizov tufayli xozirgi kunlarda Respublikamizning barcha viloyatlarida travmatologi va ortopediya soxasidagi murakkab yuqori texnologik operatsilari keng qoʼllanilib kelmoqda.
M.J. Аzizov
M.J. Аzizov 2019 yilgacha kafedraga raxbarlik kilib keladi va vafot etishi tufayli kafeda mudiri vazifasini vaktinchalik bajaruvchi etib dotsent X.M. Karimov tayinlandi. 2020 yil sentyabr oyidan boshlab kafedra mudiri etib M.E. Irismetov tayillanib va u xozirgacha kafedraga raxbarlik qilib kelmokda.
M.E. Irismetov
Xozirgi kunda kafedra qoʼyidagi oʼqituvchi-professorlardan tarkib topgan: kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor M.E. Irismetov, kafedra dotsentlari X.M. Karimov va B.U. Xolmatov, assistentlar tibbiyot fanlari nomzodi А.R. Xoshimov, R.K. Qobilovlar.
Kafedra erishgan yutuklar: kafedra xodimlari tomonidan Respublika Sogʼliqni saqlash amaliyotiga soxadagi diagnostika va davolashda erishilgan soʼnggi yutuqlar tadbiq etildi. Xususan, yirik boʼgʼimlarda endoprotezlash,tizza va yelka boʼgʼimi jaroxatlari va kasalliklarini artroskopik diagnostika va davolash, uzun naysimon suyaklar siniklarida zamonaviy osteosintez usullari (bloklovchi intramedullyar osteosintez), umurtqa pogʼonasi nostabil siniqlarida transpedikulyar sterjenli fiksatsiya, bolalarda oyoq deformatsiyalarini korrektsiya qilish. Kafedra Respublikada soxa bo’yicha oʼtkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiya va sʼezdlarning asosisy tashkilotchilaridan biri boʼlib, unda travmatologiya va ortopediya soxasidagi erishilgan zamonaviy yutuqlari boʼyicha maʼruza bilan qatnashib keladi.