Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

TXKMRM Missiyasi

TXKMRM MISSIYASI

  Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi missiyasi: «Ta’lim, fan va innovatsion texnologiyalar integratsiyasi asosida yuqori malakali sog‘liqni saqlash mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’minlash, mahalliy sog‘liqni saqlashni eng yaxshi an’analarini saqlab qolish va kelajak tibbiyotini shakllantirish uchun ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish».

 

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

QIYOFASI

  • sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasida ilmiy va amaliy faoliyat yurituvchi kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni ta’minlovchi O‘zbekistondagi yetakchi ilmiy, o‘quv va uslubiy tibbiyot Markazi
  • chuqur fundamental bilim va ijodiy fikrlash bilan ajralib turadigan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi dars beradigan nufuzli ta’lim muassasasi;
  • turli yo‘nalishdagi eng yaxshi maxalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarning teng huquqli hamkorlik uchun doimo ochiq Markaz;
  • oldiga qo‘yilgan maqsadga ilmiy yondashuv, ta’lim sifatiga sodiqlik, jamoaviy xos hamjixatlik ruhida yuqori samaradorlikni ta’minlovchi tashkilot;
  • ta’lim dasturlari sifatining yuqori darajasi, ilg‘or masofaviy ta’lim tizimi, innovatsion faoliyatni yuqori texnologiyalar bilan birlashtirgan, o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlar orasidagi muvozanatni saqlaydigan Markaz;
  • milliy va xalqaro mexnat bozorida tibbiyot xodimlarining saloxiyati va kasbiy malakalariga bo‘lgan talablarni amalga oshirishlarini ta’minlay olishlarini kafolatlaydigan Markaz;
  • har bir xodim o‘z ishining natijalari bilan faxrlanadigan Markaz;
  • barcha xodimlarning sayi xarakatlari jamiyat va davlat foydasiga qaratilgan ta’lim tashkiloti.