Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Reja-moliya bo‘limi

Reja-moliya bo‘limi Markaz moliyaviy faoliyatini rejalashtirish va mablag‘ bilan ta’minlashtiruvchi, rejalashtirish tizimini va markaz xodimlariga haq to‘lash va ularning rag‘batlantirishni shakl va tizimlarini takomillashtirishga doir tadbirlarni ishlab chiquvchi bo‘lim hisoblanadi.

Bo‘limning maqsadi  Markazda hisob bo‘limi va markaz boshqa tuzilmalari bilan hamkorlikda markazni ta’minlashga ajratilgan shtat va pul mablag‘laridan to‘g‘ri va samarali foydalanishga erishishni amalga oshirish.

Bo‘limning asosiy vazifalariga Markazning tegishli bo‘limlari bilan hamkorlikda rahbariyat hamda, professor-o‘qituvchilar, ma’muriy xo‘jalik va o‘quv-yordamchi xodimlari sonining zarur miqdorini saqlash uchun ajratiladigan mablag‘lariga doir reja loyixalarini tuzish, markazning ma’muriy-xo‘jalik va o‘quv yordamchi xodimlari uchun o‘rinlar jadvali ishlab chiqish, professor-o‘qutuvchilar, ma’muriy xo‘jalik va o‘quv-yordamchi xodimlar tarkibini egallab turgan lavozimi, unvoni, darajasi va razryadi ko‘rsatilgan qaydnomalarni tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligiga chorak va yillik hisobotlarni hamda mablag‘ bilan ta’minlash va haq to‘lashga doir bir martalik hisobotlarni tuzish va taqdim etish, budjet va budjetdan tashqari tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish bilan bog‘liq taklif va tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish, reja-moliya faoliyati bilan bog‘liq masalalarga doir ko‘rsatma hujjatlarini hisobga olish va tartibga solib borish, ularni markazning tegishli mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda bajarilishini tashkil etishdan iborat.