Fakultet tarixi:
TXKMRM Pediatriya fakulteti 1978 yili tashkil qilingan. Fakultet 6 ta kafedralardan iborat bo‘lgan.
1. Neonatologiya
2. Bolalar nevropatologiyasi
3. Akusherlik –ginekologiya 1
4. Akusherlik –ginekologiya 2
5. Bolalar infektsiyasi
6. Bolalar tuberkulyozi
Hozirgi paytda fakultet quyidagi kafedralardan iborat:
1. Pediatriya
2. Pediatriya va bolalar ovqatlanishi
3. Akusherlik ginekologiya va perinatal meditsina
4. Akusherlik - ginekologiya 2
5. Bolalar nevrologiyasi
6. Neonatologiya
7. Pediatriyada anesteziologiya va intensiv terapiya
8. Narkologiya va o‘smirlar psixopatologiyasi
9. O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati kursi
10. Klinik farmakologiya kursi
Yillar davomida fakultetda insonparvar, o‘z sohasida yetuk olimlar, professor, o‘qituvchilar ishlagan – professor Krilov V.I., professor Akalayev R.N., dotsent Muslimova M.S., assistentlar Ablakulova R.A., Abdusaliyeva T.M., Rasuleva N.R., Stopnitskiy A.A., toksikologiya bo‘limi, k.i.x. , k.m.n. Xojiyev X.Sh., II darajali Sog‘lom orden laureati doktor Xakimov B.B. «Ko‘krak nishoni» medal sovrindori doktor Xoshimov U.U.
Maqsadimiz
Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi, «Sog‘lom avlod», «Ona va bola» Davlat dasturlari, oshirilayotgan islohotlarni ijrosini ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasi shifokorlarini zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, tibbiyot fani va amaliyotdagi mavjud isbotlangan dalillarga asoslangan xolda yuqori samarali texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini, bilim va mahoratlarini oshirib, kelajakda onalar va bolalar o‘limini eng past darajaga kamaytirish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazishni ta'minlash.
Qadriyatimiz
- Kelajak avlod salomatligi yo‘lida g‘amxo‘rlik
- Ahloq -odob va umumbashariy ma'naviy qadriyatlarga sodiqlik
- Ustoz-shogird an'analarini rivojlantirish
- Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini saqlash
- Dalillarga asoslangan yangi bilimlarga moyillik
Ta'lim dasturlari maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan tibbiy xodimlarning zamonaviy halqaro tashabbuslariga qo‘shilish va ishtirok etish. Mutaxassislarning kompententsiyasini takomillashtirish va sohaviy tafakkurini rivojlantirish. Ilmiy tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi texnologiyalar bilan boyitish. Professional kompetentsiyalarinin takomillashtirish.
Turli yillarda fakultet dekani lavozimlarida faoliyat yuritib kelganlar qatorida: Nurmuxamedova Muxabbat Nonmatovna (1978-1986 yi.), Shamsiyev Fazliddin Sayfiyevich (1987-1995yi.), Shomuxamedov Shoanvar Shoaxmedovich (1996-2003 yi.), Muxamedova Xadichaxon Tulkunovna (2004 - 2019 yi.) va 2019 yildan xozirgi kungacha Saidazizova Shaxlo Xibziddinovna.