Bo‘lim tarixi va hozirgi kundagi ma’lumotlari
Ilg‘or tajriba, xalqaro hamkorlik va ilmiy-axborot tadqiqotlar bo‘limi TXKMRMning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Ilg‘or tajriba, xalqaro hamkorlik va ilmiy-axborot tadqiqotlar bo‘limi xalqaro faoliyatni tashkil etish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish, shuningdek markazning chet el fuqarolariga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, markazni xalqaro ta’lim makoniga va ta’lim xizmatlarining xalqaro bozoriga integratsiya qilish bo‘yicha hamda axborot bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Bo‘limning maqsadi TXKMRMning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, uning O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining aspirantura va ilm-fan bo‘yicha yetakchi markazi funksiyalarini bajarishini ta’minlash sanaladi.
Bo‘limning asosiy vazifasi TXKMRM va xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlarini amalga oshirishni tashkil etgan holda akademik salohiyatini, jumladan, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, stajorlarning chet davlatlarda malaka oshirishlarini ta’minlash va shu orqali xalqaro aloqalarni amalga oshirish. Markaz professor-o‘qituvchilarining akademik mobillik dasturlarining bajarilishini tashkil etish, hisobga olish va nazorat qilish ham bo‘limning strategik vazifasi sanaladi.
Shu bilan birga bo‘lim tomonidan xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda tibbiy-amaliy faoliyatlar olib borish uchun 40 ta memorandum imzolandi, xalqaro uchrashuvlar, videokonferens aloqalar va onlayn kurslar, tajriba almashish uchun xorijlik hamkasblar bilan o‘quv seminarlari muntazam o‘tkaziladi.
KOFIH, KOIKA, MAGATE, TMS, SES, GIZ, YUNISЕF, JSST kabi hamkor tashkilotlar bilan ham faoliyat olib boriladi.
Shuningdek, AQSH (Garvard universiteti), Buyuk Britaniya (Oksford), Germaniya (Robert Kox instituti) va boshqalarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Bo‘limda ish faoliyatini yuritgan xodimlar
2017-2024 yillarda ushbu bo‘limni Sh.X.Saidazizova, G.T.Iskandarova, F.I.Xamrabayeva, S.S.Kariyev, B.A.Magrupov, F.Sh.Primovlar bilan birgalikda boshqarib kelgan.