1936 yil 22 aprelda O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash xalq komissarligi tomonidan vrachlar malaka oshirish instituti kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida 5/38-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan tashkil qilindi.
2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida" gi Qarori asosida kutubxona nomi Axborot-resurs markazi (ARM) deb o‘zgartirildi.
Axborot-resurs markazi o‘quv jarayoni, tarbiyaviy ishlari va ilmiy-tadqiqot faoliyatini ta’minlash uchun o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar bilan yetarli salohiyatga ega tarkibiy bo‘linmalardan biridir. ARM foydalanuvchilari-kitobxonlari kutubxona fondi resurslari haqida internet orqali lib.tipme.uz veb-saytidan ma’lumot olishlari mumkin.
Asosiy vazifalari:
- Kitobxonlarning axborot madaniyatini shakllantirish, milliy tarixi va madaniyatiga qiziqish, o‘qish madaniyatini rivojlantirish va ommalashtirish.
- Eng yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, korporativ tarmoqlarni rivojlantirish.
- Axborot-kutubxona fondlarini, shu jumladan elektron va boshqa axborot vositalarini axborot tizimiga to‘plash mexanizmini yaratish.
- Elektron kataloglarni, to‘liq matnli ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va internetga kirishni ta’minlash.
- Kutubxona va axborot madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlarni zamonaviy axborot qidirish uslublarini o‘rgatish.
- TXKMRM profiliga oid va kitobxonlarning axborot ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantirish.
- Ma’lumot-qidiruv apparatlari, ma’lumotlar bazalari, kataloglar va kartotekalarni tashkil etish va yuritish.