Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Bosh yuriskonsult

Markaz bosh yuristkonsultning huquq va majburiyatlari

Markazning bosh yuristkonsultining huquq va majburiyatlari O‘zbekistong Respublikasi Prezidentining 19.01.2017 yildagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan belgilangan, ya’ni:

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  • Davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;
  • Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikga muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
  • Davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
  • Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
  • Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organlari va tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.
  • Bosh yuristkonsult Markazning Ustav va Nizomida qayd etilgan vazifalarni bajarishdan iborat.