Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Travmatologiya va ortopediya kafedrasi

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Irismetov Murodjon Ergashevich

T.f.d., professor

Akademik ta'lim:

1994 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.

1995 yilda OʼzRu SSV Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish institutida klinik ordinaturani tamomlagan

Ilmiy ishlari:

2000 yilda “Deformatsiyalovchi gonartrozlarni kompleks davolash” mavzusida fan nomzodligi dissertatsiya ishini ximoya qilgan.

2016 yilda “Tizza boʼgʼimini yoziluvchi kontrakturalarini kompleks usulda davolash” mavzusida doktorlik dissertatsiya ishini ximoya qilgan

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

Oʼzbekiston Respublikasi 2 – darajali davlat mukofoti laureati. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi xuzuridagi DSc 04/30.12.2019 Tib62.01 raqamli ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash raisi, “Travmatologiya va ortopediya, reabilitatsiya” ilmiy jurnali bosh muxarriri, OʼzR SSV bosh mutaxassisi, Travmatologiya va ortopediya soxasidagi vrachlarni malaka toifasi olish uchun ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyasi raisi. 2020 yildan OʼzR SSV Travmatologiya va Ortopediya ilmiy – amaliy tibbiyot markazining direktori

Professional tajriba:

Yirik boʼgimlarni jaroxoti va kasalliklarini tashxislash va davolash boʼyicha 30 yillik tajribaga ega boʼlgan yirik mutaxassis. Yirik boʼgʼimlarni kam invaziv xisoblangan artroskopiya usulida davolashda Respublikaning yetakchi mutaxassisidir. Davolash ishlarini RITOIАTM “Аrtroskopiya” va “Sport travmasi” boʼlimlarida olib boradi.

10 yillik pedogagik tajriba ega boʼlib, 2020 yildan beri TXKMRM travmatologiya va ortopediya kafedrasiga boshchilik qilib keladi. Uning raxbarligida 10 ta Phd va 1 ta DSc ilmiy darajasi ximoyalangan va 2023 yili Professor ilmiy unvoniga sazovor boʼldi

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Ortopediya

Аrtrologiya

Аrtroskopiya (yirik boʼgʼimlarni endoskopik xirurgiyasi). Tizza va yeklka boʼgʼimini jaroxatlari va ularning asoratlari.

Yirik boʼgʼimlar artroplastikasi (yirik boʼgʼimlarni endoprotezlash)

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Karimov Xotam Maxkamovich

T.f.n., dotsent

Akademik ta'lim:

1982 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida davolash fakultetini tugatgan.

1982–1983 yillarda TOITI da internatura oʼtagan

Ilmiy ishlari:

1991 yil «Polimilet asorati bilan bo’lgan bolalarda boldar kaltaligi va deformatsiyalarini apparat-xirurgik yo’l orqali davolash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini professor B.M. Mirazimov ilmiy raxbarligida ximoya kilgan.

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

TXKMRM jarroxlik fakulteti kengashi aʼzosi. Shuningdek RITOIАTM ilmiy kengishi qoshidagi ilmiy seminar kengashi aʼzosi. Kafedra o’quv ishlari boʼyicha maʼsul

Professional tajriba:

1984–1987 yillarda Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti bolalar ortopediyasi boʼlimida boʼlim mudiri boʼlib ishlagan. 1987 yilda konkurs asosida kichik ilmiy xodim sifatida bolalar ortopediyasi bulimida ish boshlagan va 1991 yil nomzodlik dissertatsiyasi ishini ximoya qilgan. 1991–1997 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti travmatologiya va ortopediya kafedrasida assistent bo’lib ishlagan. 1997 – yildan beri kafedrada dotsent boʼlib ishlaydi. Bolalar travmatologiyasi va ortopediya soxasida 35 yildan ortiq stajga ega boʼlib, tajribali mutaxassis xisoblanadi. Xozirda kafedra klinik bazasining bolalar travmatologiya boʼlimida davolash ishlarini olib boradi

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Bolalar travmatologiyasi

Bolalar ortopediyasi

Pastki tayanch aʼzolarining rekonstruktsiyasi

Bolalarda tayanch aʼzolarining paralitik deformatsiyasi

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Xolmatov Botir Oʼtkir oʼgʼli

PhD

Akademik ta'lim:

2014 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti pediatriya fakultetini tugatgan.

2014–2016 yillarda Toshkent vrachlarni malakasini oshirish instituti travmatologiya va ortopediya kafedrasida klinik ordinaturani o’tagan

Ilmiy ishlari:

2023 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot marazi koshidagi ilmiy kengashida “Bolalarda boldir suyaklarini rivojlanishining tugʼma anomaliyasini jarroxlik usulda davolash” mavzusida tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini ximoya qilgan

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

2020 yilda TDPU xuzuridagi PK QT va MO tarmoq markazida pedagogika soxasida qoʼshimcha ixtisoslik boʼyicha oʼqishini tamomlagan. Shuningdek 2023 yil dekabr oyida Jaxon Bankining MUNIS loyixasi koʼmagi doirasida, Oʼzbekiston Respublikasining Oliy taʼlim, fan va innovattsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan “English for Science“ oʼquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan. Shuningdek, u xalqaro konferensiya va forumlarda qatnashib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha muntazam ravishda takomillashib kelmoqda

Professional tajriba:

2016–2018 yillarda Toshkent vrachlarni malakasini oshirish instituti travmatologiya va ortopediya kafedrasida xona mudiri bulib ishlagan. 2018 – 2021 yillarda kafedra stajyor – assistent va 2021 yildan 2024 yil boshigacha kafedra assistent lavozimida ishladi. 2024 yildan kafedra dotsenti lavozimida ishlab keladi.

Balalar va kattalarda turli ortopedik kasalliklarni aniqlash va davolash borasida keng tajribaga ega boʼlgan malakali mutaxassis xisoblanadi. Shuningdek bolalarda pastki tanch aʼzolarining turli deformatsiyalarini va kaltaliklarini jarroxlik usulda bartaraf etish borasida davolash va ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʼullanib keladi

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Bolalar ortopediyasi

Kattalar ortopediyasi

Vertebrologiya

Аrtrologiya

Bolalarda pastki tayanch aʼzolarining tugʼma deformatsiyalarini jarroxlik usulida korrektsiya qilish

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Xoshimov Аbdurasul Rashidovich

T.f.n. assistent

Akademik ta'lim:

1985 – yilda Toshkent davlat Tibbiyot institutida davolash fakultetini tugatgan.

1985–1986 yillarda Bekabod shaxar shifoxonasida xirurgiya bo’yicha internaturani o’tagan

Ilmiy ishlari:

1987–1995 yillarda UzTOITI bolalar ortopediyasi bo’limida kichik ilmiy xodim bulib faoliyat olib borgan. 1995 – yilda «Bolalarda maymoq qo’llikni apparat-xirurgik yo’l bilan davolash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini professor B. M. Mirazimov ilmiy raxbarligida ximoya kilgan

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

Muntazam ravishda respublika va xorijda xalqaro ilmiy amaliy anjuman va forumlarda doim ishtirok etib keladi.

Professional tajriba:

1986-1988 yillardan tibbiyot soxasida Bekabod tuman markaziy shifoxonasida xirurg sifatidi ish boshlagan. 1989 – 1992 yillarda OʼzTOITI bolalar ortopediyasi bulimida vrach ordinator boʼlgan. 1992-1994 yillarda Respublika bolalar ortopediyasi Markazida vrach ortoped boʼlib ishlagan. 1994 yilda OʼzTOITI bolalar ortopediyasi bulimida ilmiy xodim lavozimida ishlashni boshlagan va 1996 yildan boshlab bunungi kungacha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti travmatologiya va ortopediya kafedrasida assitent lavozimida ishlab keladi.

Bolalar va kattalar ortopediyasi soxasida muammoli, ya’ni murakkab kasallarni tashxislash va davolash borasida katta tajribaga ega. Oxirgi vaqtlarda bolalardagi turli tugʼma ortopedik kasalliklarni tashxislash va davolash borasida va yuqori tanch aʼzolaridagi deformatsiyalarni bartaraf etish borasida ilmiy va davolash ishlari bilan shugʼillanib keladi.

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Kattalar ortopediyasi

Bolalar ortopediyasi

Аrtrologiya

Tugʼma ortopedik kasalliklarni konservativ usulda erta davolash

Yuqori tayanch aʼzolarini deformatsiyalarinin jarroxlik usulda korrektsiya qilish

To'liq ismi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi:

Qobilov Rustam Kozimovich

Assistent

Akademik ta'lim:

1987 - yilda Toshkent Davlat Tibbiyot institutida davolash fakultetini imtiyozli tamomlagan. 

1987–1989 yillarda ToshVMOI travmatologiya va ortopediya kafedrasida klinik ordinaturani o’tagan

Ilmiy ishlari:

Kattalarda uzun naysimaon suyaklarni sinishlarida kam invaziv usullarni qoʼllash mavzusida ilmiy ish olib bormoqda

Ilmiy o'zini o'zi boshqarish va qo'shimcha malaka oshirishlar:

Muntazam ravishda respublika va xorijda xalqaro ilmiy amaliy anjuman va forumlarda doim ishtirok etib keladi. Tibbiy pedagog kadrlarni malakasini oshirish bosh ilmiy metodik markazda kasbiy malakasini oshirib keladi

Professional tajriba:

1989 yildan bugungi kunga qadar kafedrada davolash va ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʼulanib keladi. Kattalar travmatologiyasi soxasida keng tajribaga ega boʼlib, asosiy yoʼnalishlaridan biri bu uzun naysimon suyaklardagi murakkab sinishlarni va uning asoratlarini zamonaviy usulda davolashdir. Oxirgi yillarda uzun naysimon suyaklarni sinishlarida kam invaziv usullarni qoʼllash borasida ilmiy va amaliy ishlarni olib bormoqda

Ishning asosiy yo'nalishlari:

Kattalar ortopediyasi va travmatologiyasi

Vertebrologiya

Jaroxatlar asorati

Suyak sinishlarini va uning asoratlarini jarroxlik usulda davolash