Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedraning klinik bazalari

Kafedraning klinik bazasi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida joylashgan boʼlib, xozirda kafedra ixtiyorida 2 ta oʼquv xona, 1 ta simulyatsion xona va maʼruza zali mavjud. Uquv xonalar va maʼruza zali zamonaviy oʼquv vositalari bilan jixozlangan boʼlib, tinglovchilar uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan.

Kafedra bazasi manzili – OʼzR SSV RITOIАTM, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumkuli koʼchasi 78.

Telefon – 71 2320002

Elektron manzil – trav-ort@rambler.ru, travmatologiya@tipme.uz

 

 

Oʼquv xonalardagi oʼquv mashgʼulotlar.

 

Maʼruza zalidagi oʼquv mashgʼulotlar

 

Simulyatsion xonadagi mulyajlarda oʼquv mashgʼulotlar

 

RITOIАTM ilk bor 1932 yilda Oʼrta Osiyo miqyosida tayanch-xarakati tizimi jaroxatlari va kasalliklari boʼyicha ixtisoslashgan ilmiy va amaliy muassasa sifatida Travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tekshirish instituti nomi bilan tashkil topgan. Xozirgi kunda Oʼzbekiston Respublikasi SSV Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi nomi bilan Respublikada travmatologiya va ortopediya soxasidagi yetakchi ilmiy-amaliy dargox sifatida ish yuritib kelmoqda. RITOIАTM ikkita binodan tashkil topgan boʼlib, 270 koykalar, 12 ta operatsion bloklar va 13 ta klinik boʼlimlar mavjud.

 

Kafedra klinik bazasi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazining tashqi koʼrinishi

 

Operatsion bloklarning koʼrinishi

 

Shuningdek klinik baza binosida OʼzR SSV qoshidagi Respublika tibbiyot kutubxonasinig filiali mavjud boʼlib, undan kafedra xodimlari, klinik ordinatorlar va sikl kursantlari toʼliq foydalanishadi.

 

Kutubxona

 

Kafedraning xodimlari markaz klinik boʼlimlarida oʼquv mashgʼulotlarni va davolash ishlarini olib boradilar. Xar bir kafedra xodimi turli boʼlimlarga biriktirilgan boʼlib, ish jarayonida ushbu boʼlimlarda ambulator va statsionar davolash ishlarini muntazam ravishda olib boradilar. Shuningdek kafedra mudiri boshchiligida doimiy ravshda sikl tinglovchilari va klinik ordinator uchun boʼlimlarda bemorlar koʼrigi utkazilib, koʼrikda master klasslar va bemorlarni muxokamasi oʼtkazilib, oʼquv mashgʼulotlar interfaol tarzda kechadi.

 

 

Kafedra mudiri boshchiligidagi boʼlimlarda bemorlar koʼrigi

 

Kafedra xodimlarining davolash ishlaridagi faolligi

 

Kafedra xodimlarinig jarroxlik amaliyoti

 

Kafedra klinink bazasi xisoblangan RITOIАTM kattalar va bolalarda xarakat tayanch tizimi aʼzolari jaroxati va ularning asoratlari, xamda turli tugʼma va ortirilgan kasalliklarni tashxislash va davolashga ixtisoslashgan boʼlib, ushbu kasalliklar bilan yil davomida oʼrtacha 170000 ga yaqin bemorlarga ambulator yordam koʼrasatiladi va 10000 mingdan ortiq bemorlarga esa statsionar davolanadilar. Xozirda ushbu markaz bolalarda xarakat tayanch tizimi aʼzolarining turli deformatsiyalarini kam invaziv usulda rekonstruktsiya qilish, kattalarda yirik boʼgʼim kasalliklarini turli zamanoviy usullar bilan davolash, artroskopiya, endoprotezlash va bel umurtqasi kasalliklarini endoskopik usulda davolash borasida yetakchi klinikadir. Markaz xamda kafedra Irismetov Murodjon Ergashevich boshchiligida muntazam ravishda turli yutuqlarga erishmoqda.