1998 yilda II – Toshkent Davlat tibbiyot oliygohining davolash fakultetini bitirgan.
1998-2001 yilda Pediatriya ITI bioximiya laboratoriyasida kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan.
2001-2003 yilda Pediatriya ITI «Nеоnаtоlоgiya» mutaxassisligi bo'yicha klinik ordinaturani tamomlagan.
2006 yilda «Bolalarda SVGB klinik-biokimyoviy xarakteristikasi va gaptoglobin fenotipiga bog'liqligi» mavzuida nomzodlik dissertatsiya ishini himoya qilgan.
2006-2009 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining klinik laborator diagnostika kafedrasida katta o'qituvchi lavozimida ishlagan.
2009-2011 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining bolalar nevrologiyasi kafedrasida doktoranturani tamomlagan.
2018 yilda «Bolalarda asab tizimi zararlanish asoratlari va klinik-biokimyoviy parallellar» mavzuida doktorlik dissertatsiya ishini himoya qilgan.
2018-2023 yilda klinik ordinatura dekani lavozimiga saylangan.
2010 yildan boshlab Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida Kasaba uyushma qo’mitasi raisi bo‘lib ishlab kelmoqda.
O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI TOMONIDAN BELGILAB BERILGAN KASABA UYUSHMALARI FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Davlat, ish beruvchilar, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar va kasaba uyushmalari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kengaytirish hamda yanada mustahkamlash.
2. Mehnat va ijtimoiy – iqtisodiy masalalar, respublikada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirishga oid qonun xujjatlarini ishlab chiqishda, amaldagi normativ – huquqiy hujjatlarning amaliyotga tatbiq etilishida faol ishtirok etish.
3. Kasaba uyushmalari tizimini, barcha bo‘g‘in kasaba uyushmalari organlari, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishni davom ettirish, kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.
4. Aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan taʻminlashga, yangi ish o‘rinlari ko‘rsatkichlarining ishonchliligini taʻminlashga faol ko‘maklashish, ish o‘rinlarida mehnat muhofazasi qoida va normalariga muvofiq xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish.
5. Mehnatkashlar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan madaniy – maʻrifiy, sport – sog‘lomlashtirish ishlari sifatini, kasaba uyushmalarining turizmni rivojlantirish bo‘yicha faoliyatlari samaradorligini oshirish.
6. Xodimlar va ularning oila aʻzolarini zamon talablariga binoan sifatli sog‘lomlashtirishni tashkil etish.
7. Boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan o‘zaro manfaatli halqaro hamkorlikni rivojlantirish.
8. Davlat dasturi, kasaba uyushmalarining tarmoq va hududiy dasturlari bajarilishini taʻminlash.
9. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, kasaba uyushmalari tizimiga axborot
KASABA UYUSHMASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
1. Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi – kasaba uyushma aʻzolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, maʻnaviy, intellektual huquq va manfaatlarini muxofaza qilishdan iboratdir.
2. Kasaba uyushmasining asosiy vazifalari:
a’zolarining millati, jinsi, yoshi va diniy eʻtiqodidan qatʻi nazar mexnat qilish, ishni va kasbni erkin tanlash, adolatli mexnat sharoitida ishlash, ishsizlikdan ximoya qilinishiga doir konstituttsiyaviy xuquqlarini himoya qilish;
mehnatga hak to‘lash va mehnat tartibining ijtimoiy adolatli tizimini joriy etishga va unga rioya qilishga ko‘maklashish;
kasaba uyushma aʻzolarining maʻnaviy – maʻrifiy saviyasini oshirish, bo‘sh vaqtlarini va dam olishlarini mazmunli tashkil etish;
taʻlim va sog‘liqni saqlash rivojlanish darajasiga ko‘ra xodimlar malakasining oshirilishiga va kasbiy qayta tayyorlanishiga, attestatsiyadan o‘tishlariga ko‘maklashish;
kasaba uyushma aʻzolarining nisbatan mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunlari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish, ularning huquqiy himoyasini amalga oshirish;
xodimlar va ularning oila aʻzolarini sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlariga ko‘maklashish;
ish beruvchi bilan tarmoq va hududiy jamoa kelishuvlari, yuridik shaxs maqomiga ega muassasa va tashkilotlar maʻmuriyatlari bilan jamoa shartnomalari tuzish, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishni o‘rnatish;
kasaba uyushma aʻzolarining mexnat, ijtimoiy, iqtisodiy, maʻnaviy, intellektual huquq va manfaatlariga tegishli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Hukumat karorlari, meʻyoriy xujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
jamoa mehnat nizolarini bartaraf etishda ishtirok etish.