Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Bo‘lim tarixi va hozirgi kundagi ma’lumotlari

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni va bu sohadagi hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi tuzilma hisoblanadi. Ushbu tuzilma muassasa tashkil etilgan ilk kunlardanoq faoliyat olib borib kelmoqda.

Markazda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF 4958-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Hozirgi kunda markazda 19 nafar tayanch doktorant, 3 nafar doktorant va 77 nafar mustaqil izlanuvchi (ulardan 57 nafari PhD, 20 nafari DSc) ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Markazda, qolaversa, kafedralarda ilmiy-tadqiqotlarni olib borish uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar yaratilgan, kerakli asbob-uskuna, material, axborot-kommunikatsiya vositalari, kompyuter texnikasi, orgtexnika va boshqalar bilan ta’minlangan. 2017-2024 yillarda jami 143 nafar ilmiy xodim dissertatsiya himoya qildi. Ulardan 95 nafari tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori va 48 nafari tibbiyot fanlari doktori ilmiy unvonini oldi.

Markazda faoliyat ko‘rsatayotgan Radiologiya ilmiy-tadqiqot tajriba laboratoriyasi, O‘quv-ilmiy tadqiqot laboratoriyasi va Bakteriologik laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarur asbob-uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan.

Ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar va mahorat darslarini tashkil qilishda amaliy yordam ko‘rsatib, unda ilmiy xodimlarning faol ishtiroki ta’minlanadi.

Markazda amalga oshirilayotgan ilmiy, amaliy, fundamental va innovatsion loyihalarga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, shartnomalarni rasmiylashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish ham bo‘lim faoliyat yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Bugungi kunda markazda Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasi dotsenti, t.f.d. A.K.Xamraev rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi  milliy innovatsion tizimini modernizatsiyalash” (MUNIS)  loyihasi doirasida moliyalashtirilgan “Janubiy Orol bo‘yi mintaqasida sil bilan kasallanishning etnogeografik xususiyatlari” mavzusidagi (REP-19022022/142) xalqaro ilmiy granti hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Neonatologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsent U.F.Nasirova rahbarligida “Chala tug‘ilgan bolalar kasalliklarini oldini olish maqsadida bashoratlashning yangi usulini ishlab chiqish” amaliy granti amalga oshirilmoqda.

 

Bo‘limda ish faoliyatini yuritgan xodimlar

2012-2018 yillarda ushbu bo‘limni Xalimbetov G.S. Toshmatova D.A., Axmatxodjaeva D.A., Sha-axmedova L.R., Fisenko I.V.lar bilan birgalikda boshqarib kelgan.