Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Ta'lim dasturlari va normativ-metodik hujjatlar ishlab chiqish bo‘limi

Ta’lim jarayonini ilmiy-uslubiy ta’minlash bo‘limi - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 apreldagi “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-174-sonli qarori, O‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2017 yil 12 maydagi №222 son buyrugi, ToshVMOI rektorining 2017 yil 17 maydagi №31 son buyrugi asosida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4666 qaroriga asosan bo‘lim -Ta’lim dasturlari va normativ-metodik hujjatlar ishlab chiqish bo‘limi deb qayta nomlandi.

Bo‘lim faoliyati xaqida ma’lumot:

  • yangi ta’lim dasturlari, uzluksiz tibbiy ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun va normativ-metodik hujjatlar ishlab chiqadi.
  • Ta’lim jarayonining me’yoriy-huquqiy bazasini ilmiy va uslubiy ta’minotini ishlab chiqish, takomillashtirish va amalga oshirishda ishtirok etish.
  • TXKMRMda Markaziy tashkiliy-uslubiy kengashining (MTUK) samarali faoliyati uchun zaruriy tashkiliy va texnik yordam bilan ta’minlash.