Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Xotin-qizlar qo‘mitasi

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati to‘g‘risida

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkiloti TXKMRM o‘quv yurtning ayollarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tashkilotning mehnat jamoasining yig‘ilishi qarori bilan tashkil etiladi.

Markaz Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti markaz xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda to‘laqonli ishtiroq etishni ta’minlash, ularning ma’naviy va intelektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muxofaza qilish va ularga yetarli sharoitlar yaratib berish, yoshlarni ma’naviy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va davlatlarning barqarorligi hamda taraqqiyoti yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan, milliy qadriyatlarni ulug‘laydigan, ma’naviy tahdidlarga qarshi tura oladigan, o‘zida fidoyilik va dahldorlik hissini mujassamlashtirgan insonlar qilib tarbiyalashda jamoat tashkilotlaribilan hamkorlikni kuchaytirish hamda talaba qizlar o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida tuziladi. Qo‘mita o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni hal etishda viloyat, shahar, tuman xotin-qizlar qo‘mitalari, tibbiyot muassasalari, jamoat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z faoliyati jarayonida markazda faoliyat yuritayotgan ayollar jamoasi o‘rtasida hamda tinglovchi-shifokor ayollar o‘rtasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Xotin-qizlarning ijtimoiy tadbirkorlik va kasbiy mahoratini oshirish milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy barkamol g‘oyaviy kurashchan, millat va davlatning barqarorligi va taraqqiyot yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xodimlar orasida gender tenglikni nazorat qilish maqsadida tuzildi;
  • Markazda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar jamoasi va tinglovchi-shifokor ayollar o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha yillik reja tuzish;
  • Xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda turli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borish;

       Asosiy yurutuvchi hujjatlar: 

  • Xotin-qizlar qo‘mitasining yillik rejasi
  • Xotin-qizlar qo‘mitasining majlislar bayonnomasi
  • Xotin-qizlar qo‘mitasi tarkibi
  • Qilingan ishlar bo‘yicha hisobot