“Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining tibbiyot xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalalariga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijrosini ta’minlash, o‘qitish sifatini oshirishga ko‘maklashish, jarayonni nazorat va tahlil qilish maqsadida 2000 yil tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 07 apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4666 qaroriga asosan bo‘lim qayta nomlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli va 29 martdagi 140-sonli “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi”ga asosan, ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuritilishini nazorat qiladi. Kafedralarda hujjatlar yuritish, rejaning bajarilishi, tinglovchilar tomonidan o‘qitish sifatini baholash, hujjatlar ijrosi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish va markazning Olimlar kengashida muhokamaga qo‘yish, Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash Uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, odob axloq qoidalari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish va korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamentlari barcha kafedralarga va xodimlarga yetkazish.
Bo’lim faoliyati
Bo‘limning asosiy vazifalari etib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli va 29 martdagi 140-sonli “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi”ga asosan, devonxona tomonidan yuritilayotgan hujjatlarni ro‘yxatga olish tartibi, hujjatlar monitoringi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibiga asosan olib borilayotgan hisobot jurnal va kartochkalari yuritilishini nazorat qilish belgilangan.
Bo‘lim tomonidan taqdim etilgan ijro intizomi holati muntazam ravishda direktor va Ilmiy kengash yig‘ilishlarida muhokama qilib boriladi.
Markaz professor–o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning sifati, me’yoriy hujjatlar mavjudligi, kursantlar davomatini muntazam ravishda o‘rganish va natijalar yuzasidan ma’lumotni rahbariyatga taqdim etish bo‘limning asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi.
Vakolati doirasida bo‘lim Markazda ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi, qaror va bo‘yruqlarni ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqadi va ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatadi. Ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini tadbiq etilishini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Oliy ta’lim vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarning ta’limga oid me’yoriy hujjatlari, hay’at qarorlari, buyruqlari hamda Markaz Nizomi va mazkur Nizomga muvofiq, markaz Ilmiy kengash majlisi qarorlarini kafedralarda, bo‘limlarda ijrosi yuzasidan tahlil olib borish, markazda ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish, markaz direktori tomonidan tasdiqlangan yillik reja asosida amalga oshirish, markaz tarkibidagi bo‘limlardan hamda fakultet va kafedralardan yillik ish reja, hisobot va boshqa hujjatlarning ijrosi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish, tekshirish o‘tkazish jarayonida hujjatlarini taqdim etishdan bosh tortish va uni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan boshqa harakatlarda bo‘lim Markaz direktoriga mazkur xodimga nisbatan mehnat kodeksiga muvofiq choralar ko‘rish, hatto egallab turgan lavozimidan bo‘shatilishi bo‘yicha takliflar kiritish, tekshirishning sifatli o‘tkazilishi, aniqlangan hato va kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tekshirilayotgan bo‘lim, fakultet hamda kafedralarga o‘z vaqtida tekshiruvlar bo‘yicha takliflar kiritadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni o‘rnatib boradi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo‘limi ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma va buyruq ishlab chiqilib, bo‘limlar, fakultet va kafedra xodimlari ishtirokida seminar yig‘ilishlar tashkil etib, kafedralarda o‘rganishlar o‘tkazib kelmoqda.
Kafedralarda aniqlangan kamchiliklar kafedra majlis bayonlarini o‘z vaqtida va to‘liq rasmiylashtirilmaganligi, elektron hujjatlar bazasi yaratilmaganligi kabi kamchiliklar aniqlanib, ko‘rsatmalar berib kelinmokda. O‘quv yili davomida 55 ta kafedra faoliyatlari o‘rganilib, Olimlar kengashida muntazam muhokamalar o‘tkaziladi, kamchilik muammolar aniqlangan kafedra mudirlari va xodimlariga ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.
Bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595 sonli qarori ijrosi yuzasidan ichki hujjatlar qabul qilinib, muntazam xodim va tinglovchilarga yetkazilib kelinmoqda.
Shuningdek,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish xamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish xamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 71-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida markazning 2022 yil 28 mart kuni 32-ich sonli buyrug‘i ishlab chiqilib, Olimlar kengashida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baxolash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizomi, korrupsiyaviy hatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Reglamentlari barcha kafedralarga va xodimlarga prezentatsiya shaklida muntazam ma’ruza qilinib, ish jarayonlarida foydalanish uchun ko‘rsatmalar taqdim etilib kelinmoqda.