Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Marketing

1. Marketing bo‘limi - tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, u turli yo‘nalishlarda tashkiliy, muvofiqlashtiruvchi faoliyatni amalga oshiradi. Markazning marketing faoliyati boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

2. Bo‘lim boshlig‘i Markazning o‘quv ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosarining taklifiga binoan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

3. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlik buyruqlari va boshqa ko‘rsatma hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi va Markaz direktorining buyruqlari, hamda Marketing bo‘limi Nizomiga muvofiq amalga oshiradi.

4. Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari:

- Markazning ta’lim xizmatlari sohasidagi siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek Markazning barcha bo‘linmalarining bu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi Markaz faoliyatining bozorga yo‘naltirilganligi bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish.

- marketing strategiyasini ishlab chiqish va Markaz faoliyatini zamon talablariga va ta’lim xizmatlari iste’molchilariga moslashtirishga yo‘naltirish;

- umuman markaz va alohida bo‘linmalar uchun uzoq muddatli va joriy marketing rejalarini ishlab chiqish va Markaz bo‘linmalari faoliyatining bu sohasida muvofiqlashtirish;

- muvaffaqiyatli va ishonchli tashkilot sifatida Markaz imidjini yaratish.