Bugungi kunda Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazida 52 ta kafedra va 6 ta kursni qamrab olgan 5 ta fakultet faoliyat olib boradi: Tibbiy profilaktika fakulteti; Terapiya fakulteti; Xirurgiya fakulteti; Pediatriya fakulteti; Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash fakulteti.
Maprkazda mehnat qilib kelayotgan 418 ta professor-o‘qituvchilar tarkibida 3 ta akademik, 86 ta tibbiyot fanlari doktori, 110 ta professor va 170 dan ortiq tibbiyot fanlari nomzodi, 78 ta dotsentlar bor. Faoliyat yuritib kelayotgan professor o‘qituvchilarning 56% ayollar va 44% erkaklardir. Markazimizda xammaga teng imkoniyatlar yaratilgan.
Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida xodimlarning ayrim toifalari uchun nazarda tutilgan qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar qo‘llaniladi.
Xususan, homilador ayollar va bolasi bor ayollarni ishga joylashtirish kafolatlari, ayollarga yillik ta’til, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari tartibini belgilashda beriladigan imtiyozlar, homilador va bolali ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish so‘zsiz qo‘llaniladi.
Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazida mehnat qonunchiligiga rioya qilish, xodimlarning ijtimoiy himoyasi holatini aniqlash va baholash bo‘yicha tizimli anonim so‘rov o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, xodimlar kun davomida o‘z faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishi uchun vaqtni boshqarishning yangi zamonaviy modellaridan foydalanish targ‘ib qilinmoqda. Ayni paytda markazda ish xodimlarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy tizim -KPI asosida tashkil etilib, har bir xodimning faoliyati individual ravishda baholanmoqda. Bu o‘z navbatida ish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazida ayollar va erkaklar teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi tashkil etilgan. Kengashning asosiy vazifasi markazimizda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini, huquqiy bilimini oshirish, ayniqsa, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolarni o‘rganish va hal etishda ko‘maklashishdan iborat.
Gender tenglik madaniyatini targ‘ib qilish yo‘lida
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-562-sonli “Ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga, ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan materiallar to‘plami tayyorlandi, markaz xodimlariga huquqiy targ‘ibot ishlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish maqsadida axborot-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi xodimlari haqida
№ |
Asosiy xodimlar soni |
|
|
Ilmiy unvonga ega xodimlar |
Rahbar xodimlar |
|
501 |
Ayollar soni |
304 |
115 |
32 |
Erkaklar soni |
197 |
98 |
46 |