Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra yangiliklari

 

 

 

 

 

 

2023 yildan kafedra bazasida simulyatsion oʼquv xonasi tashkil etilib, kafedrada amaliy mashgʼulotlar yuqori darajada oʼtkazilib kelinmoqda. Simulyatsion markaz tayanch aʼzosining turli segmentlarni imitatsiya qiluvchi mulyajlar, osteosintezda qoʼllaniladigan fiksator va ularni oʼrnatish uchun ishlatiladigan intrumentlar majmuasidan va endoskopik xirurgiyada ishlatiladigan uskunadan tashkil topgandir. 

 

 

 

2023 yilda kafedradaga «DKSORTHO & SHARMA PHARMACEUTICAL PVT.LTD» INDIA kompaniyasi vakili tashrif buyirdi va xamkorlik toʼgʼrisida memarandum imzolandi. Ushbu kompaniya travmatologiya va ortopediya soxasida qoʼllaniladigan turli fiksatorlar va instrumentlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʼullanadi va kompaniya va kafedra xodimlari orasida kafedraning simulyatsion xonasini jixozlashda yordam koʼrsatish borasida muxokama oʼtkazildi. 

 

 

 

 

Oʼzbekiston va Germaniya orasida tibbiyot soxosidagi, yani travmatoloya va ortopediya yunalishlari buyicha o’zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga koʼtarish maksida Germaniya davlatidan professor Dirk Stengel tashrif buyurdi. Professor tomonidan Germaniya davlatining tibbiyot tizimi va travmatologik yordam koʼrsatishning Germaniyaga mamlakatiga xos boʼlgan xususiyatlari, xamda kaysi yunalishlarda xamkorlik ishlarini olib borish mumkinligi xakida maʼruza qilindi. Shuningdek maruzadan soʼng TXKMRM Travmatologiya va ortopediya kafedrasi mudiri professor Irismetov M.E. va prof. Dirk Stengel suxbatida, kafedra va Germaniyanining BG Hospitals orasidagi xamkorlik ishlari toʼgʼrisida suxbat boʼlib oʼtdi. 

 

 

2023 yil avgust oyida kafedra assistenti B.O’. Xolmatov dissertatsiya ilmiy ishi ximoyasi muvaffaqiyatli o’tdi va buning natijasida kafedraning ilmiy saloxiyati yanada oshdi.