Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Bo‘lim yangiliklari

2025 yil 29 yanvar kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining navbatdagi Olimlar kengashining majlisi bo’lib o’tdi. Unda markaz direktori prof. X.A.Akilov so’zga chiqib, 75 yillik yubileyini nishonlayotgan prof. R.N.Akalayevni jamoa nomidan tabrikladi.

Kun tartibi o’qib eshittirildi.  1 chi masala yuzasidan so’z terapiya fakultetining dekani,  prof. Xamrabayeva F.I.ga berildi. U terapiya fakultetida olib borilgan o’quv, uslubiy, ilmiy,halqaro, davolash,,faoliyati va ma’rifiy ishlar bo’yicha qilinayotgan ishlar bo’yicha batafsil hisobot berdi. Reja ko’rsatkichlari: 146%ga bajarilgani aytildi. Kursant  oylarda reja 101% ga bajarilgan. Hamshiralar uchun fizioterapiya bo’yicha 144 kreditli MMO o’tkazilgani, 15 ta kursant o’qitilgani aytildi. Loyiha ofisi bo’yicha sikllar o’tkazilganini, x\xdan rejada 902,amalda 602 kursant o’qitilgani aytildi. Ba’zi kafedralar rejani bajarmagan bo’lsalarda, lekin x\xdan yaxshi mablag’ topishganini aytdi. Nashr ko’rsatkichlari, halqaro faoliyat va boshqalarga to’xtaldi. Muhokamalarda  ishtirok etgan akad. Ubaydullayev, prof.Kayumovlar, prof.X.A.Akilov hisobotga yaxshi baho berib, taxliliy darajada qilinganini aytishdi.

Olimlar kengashni  a’zolari terapiya fakultetining hisobotini  qoniqarli deb baholadi. Yig’ilganlarga oldindan tarqatilgan hisobot bo’yicha qaror loyihasi bir ovozdan tasdiqlandi.

So’ng ilmiy ma’ruzalar tinglandi Ilmiy  masala yuzasidan so’z prof.Gafur-Axunov M.A. ga berildi. U “Onkologiyada molekulyar genetik tekshiruvlarning ahamiyati”ga bag’ishlangan ma’ruza qildi. Ma’ruzachi, jumladan onkologik kasalliklarning statistikasiga, dunyo va respublikamiz bo’yicha tarqalish ko’rsatkichlariga to’xtaldi. Onkologik kasalliklarning turi bo’yicha tahlil qilindi.  Respublikada kasallanish va o’lim holatlarining statistikasiga batafsil to’xtaldi.  Odam organizmida 2000 dan ortiq gen mavjudligini, 2018 yili immunoterapiya tatbiq qilinganini va onkologiya chaqiruvchi 500 gen mavjudligini aytib o’tdi. Target terapiya va uning imkoniyatlariga to’xtaldi.

Olimlar kengashida shuningdek, prof.A,A,Gaybullayev tomonidan urologiyaning dolzarb masalasiga bag’ishlangan (Bolezn za semyu zamkami) ”Yetti qulf ichidagi kasallik” nomli ma’ruza tinglandi va yig’ilganlarda jonli qiziqish uyg’otdi.

 Turli masalalarda “dosent” unvoni uchun (Maxsumxonov Q.A.) tanlovlar o’tkazildi. Dissertasiya mavzulari va MTUK taqdim etgan xujjatlar tasdiqlandi.  Shuning bilan kengash ishi yopiq deb e’lon qilindi.

 


25 dekabr 2024 yil kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining navbatdagi Olimlar kengashining №46 majlisi bo’lib o’tdi. Unda markaz direktori prof. X.A.Akilov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2024 yil    20 dekabrdagi 02-23/29907-sonli ko’rsatma xati bilan markaz xodimlarini tanishtirib o’tdi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil yetishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5177 – sonli Qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 71-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023 yil 20 sentabrdagi 108 –sonli buyrug’i qabul qilinib mazkur buyruq asosida tasdiqlangan yo’riqnomalarga qat’iy rioya qilish masalasi bo’yicha to’xtaldi.

Shu jumladan, “Korrupsiyani oldini olish va qarshi kurashish” masalalari yuzasidan  korrupsiya xolatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning tasirchan tizimini yaratish, manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish vazifalari, va boshqa masalalar markaz rahbariyati tomonidan qat’iy nazoratga olinganligi bo’yicha  ta’kidlab o’tdi.

So’ng keyingi  masala yuzasidan klinik laborator diagnostikasi va OIV kursining mudirlarining hisobotlari,va ularni faoliyatini tekshirgan ishchi guruxining raisining axyuorot tinglandi. Har ikkala kafedra\kurs hisoboti ishchi guruxi raisi Kariyev S.S. ning axborotiga ko’ra qoniqarli deb topildi.

So’ng Ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Prof. Shamansurov Sh.Sh. bolalarda neyroplastiklik masalasi bo’yicha, T.f.d. Isxakov E.Dj. esa  homiladorlarda gemoblastozlar masalasiga bag’ishlangan ma’ruzalar bilan chiqdilar.

Turli masalalarda egallangan lavozimlarga va “professor” unvoni, Li M.V. “dosen”t ilmiy unvoni uchun tanlovlar o’tkazildi. Dissertasiya mavzulari va MTUK taqdim etgan xujjatlar tasdiqlandi.  Shuning bilan kengash ishi yopiq deb e’lon qilindi.

 


30.10.2024 yil

Markaz olimlar ilmiy kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishni Markaz direktori, professor X.A.Akilov kirish soʼzi bilan ochib berdi. So’ng “Tibbiy profilaktika fakulteti” “Gigiyena va radiatsion xavfsizlik” kafedrasi mudiri, professor D.A.Zaredinov kafedrada olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy va davolash ishlari, ma’naviy- ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar xususida o’z hisobotini prezintatsion tarzda bayon qildi.

 

 

Keyingi hisobot ham Markazning “Terapiya fakulteti” kesimida olib borilayotgan o’quv uslubiy, ilmiy ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar xususida bo’ldi. Bu hisobotni fakultet dekani professor F.I.Xamrabayeva keng jamoatchilikga yetkazdi.

 

 

 “Pediatriya fakulteti” dekani, tibbiyot fanlari doktori, Sh.X.Saidazizova tomonidan, bolalarda uchraydigan bir qancha kasalliklar va ularni oldini olish yuzasidan o’zining prezentatsion hisobotini bayon qildi.

 

 

 

Yig’ilish davomida Markaz direktori, professor X.A.Akilov tomonidan xodimlarga fan nomzodi, fan doktori ilmiy unvonlari, faxriy yorliqlari hamda yubilyarlarga esdalik sovg’lari qator shifokorlarimizga topshirildi. Kun tartibida belgilangan ilmiy ma’ruzalar, hisobotlar bahs munozaralarga boy bo’ldi.

 


 

9.09.2024 kuni  Markazning navbatdagi Olimlar kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Olimlar kengashi avvalida ma'rifat va ma'naviyat bo‘limining boshlig‘i Maksudova Sh.R. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga ba0ishlangan “Biz bir butun xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz”mavzusida ma'ruza qildi.

So‘ng olimlar kengashining raisi, Markazimiz direktori X.A.Akilovning 2023-2024 o‘quv yili bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy,innovatsion, xorijiy hamkorlik, davolash, moliyaviy, ma'rifiy ishlar va boshqa faoliyatlari bo‘yicha yalpi hisoboti bo‘lib o‘tdi. Hisobot davomida rais X.A,akilov joriy hisobot yilida amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan tadbirlarga alohida to‘xtalgan holda,  tegishli bo‘lim va bo‘linmalarning kamchiliklari va ularni yechimi masalalariga batafsil to‘xtaldi. Markaz oldida turgan istiqbolli rejalarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.  Muhokamalardan so‘ng kengash a'zolariga tarqatilgan qaror loyihasi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi keyingi masala yuzasidan Olimlar kengashi kotibasining yangi o‘quv yiliga Olimlar kengashining ish rejasi loyihasini o‘qib eshittirdi. Loyiha bir ovozdan ma'qullandi va tasdiqlandi.

Turli masalalar muhokamasi tugagach, kengash o‘z ishini yopiq deb e'lon qildi.