Fakultet tarixi: Fakultet 2017-yil 23-mayda tashkil etilgan (ToshIUV No33-ich buyrug‘i), shu vaqtgacha kafedralar davolash-profilaktika fakulteti tarkibida bo‘lgan. Fakultetning birinchi dekani tibbiyot fanlari doktori Mavlyan-Xodjayev Ravshan Shuhratovich bo‘ldi. R.Sh/Mavlyan-Xodjayev 2017 yilning may oyidan 2018 yilning sentyabrigacha fakultetga rahbarlik qilgan.
Fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
- Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish
- Neyroxirurgiya
- Profilaktik tibbiyot – valeologiya asoslari
- Oilaviy tibbiyot kasbiy kasalliklar kursi bilan
- Patologik anatomiya va sud tibbiyoti
- Oliy ma'lumotli hamshiralar
- Ijtimoiy tibbiyot
-Muhandis va texnik xodimlarni tayyorlash tibbiy asbob-uskunalar va innovatsion texnologiyalar kafedrasi
-Harbiy tibbiy ko'rik va o'smirlar tibbiyoti asoslari
Maqsad - sog’liqni saqlashni birlamchi tizimi va raxbar xodimlari, umumiy amaliyot shifokorlari, neyroxirurglar, patologoanatomlar, sud-tibbiy ekspertlar, tibbiy mehnat va harbiy-tibbiy ekspertiza, tibbiyot texnikasi muhandislari, shuningdek, oliy ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan iborat.
Bizning qadriyatlarimiz:
- o'zaro hamdardlik, hamkorlik va o'zaro yordam
- ochiqlik
- ishonch
- bir-birining ishlariga va tajribalariga o'zaro qiziqish
- his-tuyg'ularning samimiyligi va fidokorligi.
- shaffoflik (jamiyat uchun ochiqlik, yangiliklarga ochiqlik, qaror qabul qilish jarayonining ochiqligi)
- milliy an'analarimiz
Ta'lim dasturining missiyasi innovatsion muammoga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarini, sog'liqni saqlash va tibbiyot fanlari sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish orqali etakchi mahalliy va xorijiy universitetlar darajasiga mos keladigan yuqori sifatli uzluksiz tibbiy ta'limni, aholi salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlariga integratsiyalashgan sog‘liqni saqlash va tibbiyot fanlari sohasidagi fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni ta'minlash. Amaliyotchi mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, bu orqali ularning xalqimiz aholisiga ko‘rsatayotgan xizmatlari sifatini oshirish.