Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Klinik ordinatorlar dekanati

 

Primov Farhod Sharifjonovich, 1983 yilda tugʻilgan, oʻzbek, maʼlumoti oliy.

2008 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.

2008-10 yillarda ToshVMOIning Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi kafedrasida “Bolalar xirurgiyasi” mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinaturani oʻtagan.

2010-2014 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bolalar jarrohligi bo‘limida bolalar jarrohi bo‘lib ishlagan.

2014-2017 yillarda ToshVMOIning Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi kafedrasida S.N.S izlanuvchi lavozimida ishlagan.

2017-yildan “Xirurgiya va bolalar xirurgiyasi” kafedrasida kafedra assistenti lavozimida ishlamoqda, shuningdek, RSHTYoIM Bolalar jarrohligi bo‘limida navbatchi mas’ul bolalar jarrohi lavozimida o’rindoshlik asosida ishlab kelmoqda.

2012 yilda "Davolovchi-operativ va diagnostik laparoskopiya" mutaxassisligi bo'yicha mutaxassislikdan o'tgan.

2012-yilda Rossiya Federatsiyasida Moskva davlat tibbiyot stomatologiya universitetining Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim fakultetida “Bolalarda endoskopik jarrohlik” mutaxassisligi bo‘yicha malaka kursini tamomlagan.

2018-yilda Germaniya – Maynts tibbiyot universitetida “Bolalarda endoxirurgiya” mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy kursni tamomlagan.

2018-yilda “Bolalarda qorin bo‘shlig‘i yopiq jarohatlarida diagnostika va jarrohlik davolashni takomillashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini (PhD) himoya qilgan.

2023-yilda “Bolalarda qorin bo’shlig’ining shoshilinch patologiyasida endovizual jarrohlikning taktik va texnik jihatlarini takomillashtitish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini (DSc) himoya qilgan.

 

Mamatova Dildora Karimjanovna

Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi  klinik ordinatura  dekanati  kotiba - ish yurutuvchisi

 

Samandarova Nazokat Ismailovna

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi klinik ordinatura uslubchisi