Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Jamoat salomatligi va sog`liqni saqlashni axborotlashtirish institutlari davlatlararo tarmog`ining yig`ilishi «Sog`liqni saqlashni boshqarish sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish» mavzusida bo`lib o`tdi.

11 Okt 2025

"Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish" kafedrasi xodimlari MDHga a’zo davlatlarning jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni axborotlashtirish institutlari davlatlararo tarmog‘ining 2025 yil 10 oktabr kuni  videokonferensiya ko‘rinishida o‘tkazilgan "Sog‘liqni saqlashni boshqarish sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish" mavzusidagi yig‘ilishida ishtirok etdilar. Tadbirda Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar sog‘liqni saqlashni boshqarish sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan, Markazimizni  "Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish" kafedrasi xodimlarining  “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarish sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘llari” axboroti yig‘ilish qatnashchilarida uyg‘otgan qiziqishi asosida taxlil o‘tkazildi hamda keyingi bosqichdagi xamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.