
60 kreditli “Sogʻliqni saqlash boshqaruvchilari maktabi. Sogʻliqni saqlash tizimi transformatsiyasi bosqichlari” integratsion mavzuiy malaka oshirish sikli.
Sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi 388-sonli ““Boshqaruvchilar maktabi-2025” maxsus integratsion mavzuiy malaka oshirish siklini oʻtkazish toʻgʻrisida” buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida 2025-yil 06-yanvar-01-fevral davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik jamoat salomatligi qoʻmitasini boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari, moliya va iqtisod boʻyicha oʻrinbosarlari, inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shoʻbalari boshliqlari, Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi boʻlimining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boʻlimlari boshliqlari uchun moʻljallangan malaka oshirish sikli oʻtkazildi. Mazkur xoʻjalik hisobidagi mavzuiy malaka oshirish sikli integratsion tartibda Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti bilan xamkorlikda oʻtkazildi. Reja-jadvalga binoan xududiy sogʻliqni saqlan boshqaruv organlari rahbar xodimlari uchun 2025-yil yanvar oyi davomida oʻtkazilgan 4 ta siklda 91 nafar rahbar xodim taʼlim oldi. Asosiy mavzular: sogʻliqni saqlashni boshqarish va tarkibiy tuzilma transformatsiyasi, iqtisodiyot, moliyalashtirish va buxgalteriya xizmati, yangi moliyaviy mexanizmlar, xodimlarni va nizolarni boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurash, tibbiy huquq asoslari, birlamchi tibbiy sanitariya yordami xizmati; Xar bir sikl yakuni boʻyicha sogʻliqni saqlash vaziri, vazir oʻrinbosarlari tomonidan taxlil oʻtkazib borildi. Sikl yakunida xar bir tinglovchi faoliyat natijalari boʻyicha tayyorlagan prezentatsiylari taxlil qilindi, masofaviy tartibda test, yozma va ogʻzaki imtihon oʻtkazildi.