
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Toshkent 2025 yil 14 mart
Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha tibbiyot muassasalarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, milliylikni asrash, o‘zbekona kiyinish madaniyatini, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali qadimiy va barhayot urf-odat va qadriyatlarimizga xos betakror kiyinish uslublarini namoyish qilish barobarida "Xonatlas" haftaliklari bo’lib o’tmoqda.
Shu munosabat bilan tadbirlarda milliy matolarimizning sardori bo‘lgan atlasning dunyoda tengi yo‘q, betakror, serjilo, kamalakrang ekanini, har qaysi opa-singlimizni bir zumda go‘zal malikaga aylantirib qo‘yishini yana bir karra anglagan holda, Markazda 2025 yil 14 mart kuni “Milliy liboslar” kuni bo’lib o’tdi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi asosida yaxshi niyatlar bilan boshlangan "Xonatlas" haftaligi bahonasida atlasdek o‘xshashi yo‘q matolarimizga opa-singillarning mehri yanada ortsa ajab emas.