Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

“Chegarasiz pediatriya – 2025” II Xalqaro kongressi

06 May 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Toshkent                                                 06.05.2025

2025-yil 6-may kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Chegarasiz pediatriya – 2025” II xalqaro kongressi o‘z ishini boshladi.

Kongressda nafaqat yurtimizning barcha hududlaridan kelgan yetuk mutaxassislar, balki yaqin xorij davlatlaridan tashrif buyurgan taniqli spikerlar ham ishtirok etmoqda.

Ayniqsa, markazning klinik ordinatorlari, kursantlari va professor-o‘qituvchilari faol qatnashmoqda — bu ular uchun katta tajriba, kasbiy o‘sish va ilmiy izlanishlar sari muhim qadamdir. Bu kongress nafaqat ilmiy maydon, balki yosh mutaxassislar uchun ishonch, ilhom va professional o‘sish manbaiga aylangan.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                     Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                      M.B.Mustafoyeva