Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Jamoat salomatligi va sog`liqni saqlashni boshqarish kafedrasida Rossiyadan kelgan professor ishtirokida binar lektsiya o`tkazildi

05 May 2025

Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish kafedrasida Rossiyadan kelgan professor ishtirokida binar lektsiya o’tkazildi.

2025 yil 1 mayda Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish kafedrasida tibbiyot fanlari doktori, Tyumen tibbiyot universiteti Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlash kafedrasi professori, sog'liqni saqlashda tejovchi texnologiyalar ta’lim markazi rahbari Kurmangulov Albert Ahmadovich va tibbiyot fanlari doktori, Moliya vazirligi huzuridagi Tibbiy malaka rivojlantirish markazi Jamoat salomatligi kafedrasi professori Asadov Damin Abdurahimovich ishtirokida "Tibbiy sug'urta: imkoniyatlar va sog'liqni saqlash oldidagi chaqiriqlar" mavzusida binar lektsiya o’tkazildi.

Lektsiya oflayn va onlayn rejimda amalga oshirildi. Lektsiyada Tojikiston va bizning respublikamizdagi turli sog'liqni saqlash muassasalarining rahbarlari bo'lgan kursantlar, shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Lektsiya davomida professor Kurmangulov A.A. Rossiya Federatsiyasidagi tibbiy sug'urta tajribasini ochib berdi. Milliy sog'liqni saqlash tizimlari oldidagi imkoniyatlar va chaqiriqlar haqida ma’lumot berildi.

Professor Asadov D.A. O'zbekistonda davlat tibbiy sug'urta joriy etish bosqichlari va mexanizmlari haqida so'zlab berdi.

Lektsiyaning oxirida kursantlar bir qator savollar berdilar, ularga lektorlar tomonidan to'liq javoblar olindi.

O'tkazilgan binar lektsiya so'ngida TTMU RF professori A.A. Kurmangulov va CPRKM professori D.A. Asadov o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar, bu esa ta’lim, uslubiy faoliyat va ilmiy ishlar sohasida davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.