Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Assalom tong!

24 Fev 2025

Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi

Ma’naviyat va Ma’rifat bo‘limi

“Pediatriya” fakulteti

Toshkent                                                22.02.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi PF-6099 son “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan Markazda “Assalom tong” sog‘lomlashtirish ishlari fakultetlar kesimida amalga oshirilishi yo’lga qo‘yilgan.

  22 fevral tongida “Pediatriya” fakulteti kafedralari mudirlari, professor-o‘qituvchilari, kursant tinglovchilari, klinik ordinatorlari ishtirokida “Assalom tong” sport mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Sport mashg‘ulotlari qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Bugungi kunda mamlаkatimizning barcha hududlarida zamonaviy va foydalanish qulay bo‘lgan sport infratuzilmalari barpo etilmoqda. Shu ma’noda, biz jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor berishimiz lozim.

Jismoniy sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish bizning vazifamiz va biz bunga bor kuchimiz bilan harakat qilmog‘imiz darkor.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                   Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                  M.B.Mustafoyeva