
Hurmatli tibbiyot oliygoh bitiruvchilari!
2025-2026 o‘quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)da yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yilning 18-iyuldagi № 214-sonli buyrug‘i bilan Tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Oliy tibbiy ta’lim bitiruvchilarini 42 ta mutaxassislik bo‘yicha klinik ordinatura tanlovi orqali o‘qishga taklif qiladi. Markazimiz klinik ordinaturasiga imtixon asosida qabul qilingan klinik ordinatorlar Respublikamizning yetakchi klinikalarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki markazimiz kafedralari Respublikamizning yetakchi klinikalarida joylashgan, Undan tashqari mamlakatimizning yetakchi mutaxassislari qo‘l ostida ta’lim olish imkoniyati sizda mavjud bo‘ladi. Markazimiz xorijning yetakchi markazlari bilan do‘stona aloqa o‘rnatgan bo‘lib, klinik ordinaturaning 2-yilida Qozog‘istonda, Rossiya Federatsiyasida, Turkiyada o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 2024-2025 yilda o‘qishga qirgan klinik ordinatorlardan 10 nafari Turkiyada, 5 nafari Rossiya Federatsiyasida, 10 nafari Qozog‘iston Respublikalarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu sizga imkoniyat! Qabul jarayonlari haqida to‘liq ma’lumotni qabul kvotalar va mutaxasissliklar bo‘yicha ma’lumotni www.tipme.uz sayti, Markazimizning 2- qavatida joylashgan qabul komissiyasida va 998712682638 Call markazi orqali bilib olishingiz mumkin. 09:00 dan 18:00 gacha. Barcha to‘g’ilgan savollar yuzasidan qabul komissiyasi tushuntirish ishlarini olib bormoqda Qabul vaqti 9:00dan 17:00gacha dushanbadan shanbagacha. markaz binosida (2 –etaj 3-zal) to‘g’ridan to‘g’ri qabul qilinadi.
Xujjatlar medtoifa.ssv.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Barcha savollarga Call markazi, ( 998772682638) telegramm nomeri va qabul.tipme-2025@mail.ru elektron pochta orkali javob beriladi. Undan tashqari www.tipme.uz va https://t.me/Qabul_2526 telegramm kanallari orqali yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!