O‘zbekiston sobiq Ittifoqda birinchilardan bo‘lib ultratovush texnologiyasini klinik amaliyotga joriy etgan. 1961 yilda O‘zbekiston rentgenologiya va radiologiya ilmiy-tadqiqot institutida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Jo‘ra Majidovich Abdurasulov rahbarligida (1921-1990) ultratovushning tibbiyot diagnostikasidagi imkoniyatlarini o'rganish bo'yicha tadqiqotlarni boshlangan. Tibbiy diagnostikada ultratovush tekshiruvidan klinik foydalanish bo'yicha birinchi ilmiy ma'ruza 1962 yil 8 oktyabrda Qozog'iston onkologlarining VI konferentsiyasida ma'lum qilindi (Abdurasulov D.M., Fazilov A.A., Yuxananov I.X. Ko'krak bezlari o'smalari diagnostikasida ultratovush tekshiruvidan foydalanish to'g'risida // Onkologiya va radiologiya savollari.)
1964 yilda ushbu institutda ultratovush diagnostika laboratoriyasi tashkil etilgan bo'lib, u ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan birga butunittifoq shifokorlarining malakasini oshirishda asosiy ilmiy bazaga aylandi.
1977 yildan boshlab Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti laboratoriyani Sovet Ittifoqining barcha respublikalari shifokorlarining malakasini oshirish uchun o'quv bazasi sifatida belgiladi. 1987 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti onkologiya kafedrasi negizida instrumental (ultratovush) diagnostika kursi, 1999 yilda esa mustaqil ultratovush diagnostikasi kafedrasi tashkil etildi.
Professor Fazilov Akram Akmalovich O‘zbekistonda ultratovush diagnostika xizmatini rivojlantirish va shifokorlarni diplomdan keyingi tayyorlash asoschilaridan biri hisoblanadi. U ultratovush diagnostikasi laboratoriyasini (1964-1987), ultratovush diagnostikasi kursi bilan onkologiya kafedrasini (1987-1998), ultratovush diagnostikasi kafedrasini (2005-2009 va 2017-2018) boshqargan. Uning rahbarligida TVMOI qoshidagi ultratovushli diagnostika kursi yirik ilmiy, o‘quv va amaliy markazga aylandi va ultratovush diagnostikasi kafedrasiga aylantirildi. O‘tgan yillar davomida kafedraga professor Do‘smurodov Allanazar Mirzaevich (1999-2005), dotsent Fazilova Sevara Akramovna (2009-2017) rahbarlik qildi. 2019 yildan boshlab kafedrani dotsent Normuradova Nodira Muradullaevna boshqarib kelmoqda. 2023-yildan boshlab tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivijlantirish Markazi onkologiya kafedrasi qosidagi ultratovush diagnostika kursi negizida 2-ultratovushli diagnostika kafedrasi tashkil etilishi munosabati bilan kafedra nomi 1-ultratovush diagnostikasi kafedrasiga o‘zgartirildi.
Kafedraning o‘quv dasturlari Davlat kasbiy, umumiy va mavzuiy ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar keng qo‘llanilib, o‘qitish sifati va amaliy ko‘nikmalariga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar xalqaro talab va O‘zbekiston sharoitlariga mos ravishda olib boriladi. Xalqaro FAST, BLUE, RUSH, ISUOG, MUSA, IOTA, IETA, BI - RADS US, TI - RADS US, LI - RADS US, O - RADS US texnologiyalari klinik ko'rsatmalari ta'lim jarayoniga muvaffaqiyatli kiritilmoqda.
Ultratovush diagnostikasi kafedrasi xalqaro tashkilotlar va o’quv markazlari bilan uzviy hamkorlik qilib kelmoqda: Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Akad. N.N. Blokhin nomidagi Onkologiya ilmiy markazi RTFA (Moskva), RTFAning Bolalar salomatligi ilmiy markazi (Moskva), Rossiya diplomdan keying uzluksiz tibbiy ta’lim akademiyasi (Ultratovush diagnostikasi kafedrasi, mudir - professor V.V. Mitkov) va bolalarning radiologiya kafedrasi (professor M.I. Pykov ), Moskva Tibbiyot stomatologiya universitetining radialogiya kafedrasi (mudir Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir a'zosi, professor D.A. Lejnev ), Rossiya Federatsiyasi Prezidenti apparati huzuridagi o'quv -amaliy markazi (bo'lim boshlig'i - professor A.V. Zubarev ), Qozog'iston Tibbiyot Akademiyasining radiologiya kafedrasi (kafedra mudiri prof . R.I. Rahimdjanova, Ostona).
Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi va Tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi tomonidan o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma]rifiy, ommaviy va sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.