Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra yangiliklari

Ilk marotaba tug‘ma yurak nuqsonlarida yurak faoliyati buzilishi darajasini aniqlash maqsadida prenatal davrda o‘pka arteriyasi va venasining dopplerografiyasi, homila yurak qorinchalarining chiqarish fraksiyasi va zarb hajmi ko‘rsatkichlarini qo‘llagan holda ball shkalasi ishlab chiqilgan;

 

Yurakning qorinchalar chiqarish fraktsiyasini baholash, Simpson disk usuli yordamida qorincha hajmini o‘lchash.
a) qorinchalarning yakuniy sistolik hajmi, b) qorinchalarning yakuniy diastolik hajmi.

 

Spektral dopplerografiya yordamida o‘pka venasi va o‘pka arteriyasi bir vaqtda nazorat hajmiga olinib o‘rganilgan. O‘pka arteriyasida (chiziqdan yuqorida) va o‘pka venasida (chiziqdan pastda) qon oqimining doppler spektri. 1 - atrioventrikulyar qopqoqning yopilish nuqtasi, 2 - o‘pka qopqog‘ining ochilish nuqtasi, 3 - o‘pka qopqog‘ining yopilish nuqtasi, 4 - atrioventrikulyar qopqoqning ochilish nuqtasi, 5 - dikrotik chuqurcha, 6 - qon tomir elastikligi bilan bog‘liq to‘lqin. YeT - chiqarish vaqti, IVCT – izovolyumetrik qisqarish vaqti, IVRT -izovolyumetrik bo‘shashish vaqti, ACT - bo‘lmachaning qisqarish vaqti.

 

Ultratovush tekshiruvi ma’lumotlariga asoslanib birinchi marotaba, homila venoz tizimining rivojlanishidagi anomaliyalarni tashxislashda ahamiyatli bo‘lgan homila portal vena tizimi tuzilishining anatomik variantlarining to‘rtta turi – T-, X-, N-simon va trifurkatsiya shakli mavjudligi isbotlangan;

 

Asosiy darvoza venasi va uning shoxlari bilan birikishi a) T-shaklidagi I turi; b) II tipdagi X-shaklidagi birikishi; v) N-shaklidagi III turi, tutashtiruvchi tomir strelka bilan ko‘rsatilgan, g) trifurkasiya ko‘rinishidagi varianti.

 

O‘pka venalarining total anomal qaytishining suprakardial turi  diagnostikasida "barcha to‘rtta o‘pka venalarining bir nuqtada ulanishi (X-shaklidagi ulanish turi)" va infrakardial turi  diagnostikasida "pastga tushuvchi vertikal venaning aorta va pastki kovak vena bilan joylashuvi holati” kabi yangi dopplerografik belgilar isbotlangan;

 

O‘VTADining suprakardial turi. a) o‘pka venalarining bir-biriga qo‘shilish nuqtasida "X" belgisi; v) ko‘krak qafasining ko‘ndalang kesimida magistral tomirlar va vertikal venasining o‘zaro joylashuvi.

 

O‘VTADinin infrakardial turi. a) ko‘krak qafasining sagittal kesimida aorta va vertikal venaning o‘zaro joylashuvi; b) homila qorin sohasining ko‘ndalang kesimida magistral tomirlar va vertikal venasining o‘zaro joylashuvi.

 

Prenatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxislashni yaxshilash maqsadida yurakni qo‘shimcha o‘n bitta kesimda tekshirish va yurak ichi gemodinamikasini dopplerografiya yordamida baholash ko‘zda tutilgan kengaytirilgan fetal exokardiografiya bayonnomasi takomillashtirilgan;

Xavf guruhidagi ayollarda perinatal o‘lim va bolalar nogironligi ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida yurakning uch marta skrining ultratovush tekshiruvi va kengaytirilgan homila ekokardiografiyasini qo‘llash orqali prenatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarining ultratovush diagnostikasi takomillashtirilgan.

EXM uchun dasturlar yaratildi.

karotid arteriyalarning aterosklerozi bo‘lgan bemorlarda stenoz darajasini, aterosklerotik pilakcha konturini baholash uchun oqimning burchakga bog‘lik emasligi va tezligi past oqimlarning aniqlanishi xisobiga, ADFva B-Flow rejimlaridan foydalanish zarurati isbotlangan;

yosh guruhlari bo‘yicha o‘zbek populyatsiyasida karotid aterosklerozning xususiyatlarini o‘rganish imkonini beradigan umumiy miya qon oqimining me’yoriy qiymatlari ishlab chiqilgan;

karotid aterosklerozida umumiy miya qon oqimini baxolash aniqligini oshirish uchun, serebrovaskulyar zaxira indeksi bilan regression modeli ishlab chikilgan;

ultratovush dopplerografiya ko‘rsatkichlariga ko‘ra stenoz darajasi 50% dan yuqori bo‘lgan bemorlarda, serebrovaskulyar zaxira indeksini 0,8 dan pastligi, miya hajmli qon oqimining pasayishi bilan bog‘liq uyku arteriyalarning gemodinamik muhim o‘zgarishlari ekanligi isbotlangan.

 

O‘ng IUA, oqim hajmi 360 ml/min     Chap IUA, oqim hajmi 210 ml/min

 

O‘ng TUA, oqim hajmi 120 ml/min     Chap TUA, oqim hajmi 150 ml/min

 

O‘ng UA, oqim hajmi 40 ml/min.    Chap UA, oqim hajmi 40 ml/min

 


 

 

TXKMRM 1- Ultratovush diagnostikasi kafedrasi «SAMSUNG MEDISON» kompaniyalari bilan hamkorlikda 2024-yil 30 noyabr kuni «Advans-kurs: akusher-ginekolog amaliyotida ultratovush tekshiruvi va sun’iy intellektdan foydalanish» mavzusida xalqaro ishtirokda ilmiy-amaliy seminar o‘tkazdi.

 

 

2024-yil 21-noyabrda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc.04/30.12.2019.tib.77.01 raqamli ilmiy kengashda kafedra mudiri Normuradova N.M “Homila tug‘ma yurak nuqsonlarining ultratovush diagnostikasi strategiya va taktikasi” mavzusidagi 14.00.19 Klinik radiologiya DSc ilmiy darajasi uchun ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

 

 

Kafedra xodimlari va tinglovchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi va Tibbiy Xodimlarning Kasbiy Malakasini Rivojlantirish Markazi tomonidan o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ommaviy va sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

 

 

Dunyoda birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda Fozilov Akram Akmalovich tomonidan ko‘krak bezi saratonining ikki va bir o‘lchovli ultratovush ilk tasviri olinganiga 63-yil bo‘ldi. 1961-yil 3 noyabr.

 

 

2024-yil 14-iyun kuni kafedramiz assistenti Ikramova Z.T “Karotid aterosklerozda umumiy serebral qon oqimining dopplerografik ko‘rsatkichlarini kompleks baholash” mavzusidagi 14.00.19 – Klinik radiologiya PHD ilmiy darajasi uchun ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

 

 

18-20-aprel kunlari SSV va TXKMRM ko‘magida kafedra tomonidan tashkil etilgan “Tibbiyotda ultratovush diagnostikasining innovatsion texnologiyalari” xalqaro ishtirokidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan bir qatorda Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘izistonlik olimlar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek konferensiyada 400 ga yaqin UTT shifokorlari, klinik ordinatorlar, magistrlar qatnashdi.

 

 

Kafedramiz xodimlari Toshkent viloyati psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bolalar uyida Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazining malakali mutaxassislari tomonidan bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rigida ishtirok etishdi.

 

      

2024-yil 12-13 aprel kunlari kafedra xodimlari Avstriya, Rossiya, BAA, Koreyalik mutaxassislari bilan bir qatorda Qozog‘istonni Ostona shahrida o‘tkazilgan Radiologiya uyushmasining "Radiologiyada ayollar salomatligi" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashishdi va ma’ruzalar qilishdi.

 

 

2024-yil 26-yanvarda TXKMRM UTD 1 kafedrasida N.I.Pirogov  nomidagi Rossiya milliy tibbiyot Universiteti akusherlik ginekologiya kafedrasi dotsenti Karachenseva Irina Vasilevna “Bolalar ginekologiyasida ultratovush diagnostikasi imkoniyatlari” mavzusida seminar master-klass darsini o‘tkazdi. Kafedra professori Fazilov A.A., kafedra mudiri Normuradova N.M., kafedra dotsenti Rasulova M.M va boshqa kafedra xodimlari bolalar ginekologiyasida tashxislash masalasidagi muammolarni Rossiyalik mutaxassis bilan muhokama qilishdi.

 

 

2023-yil 1-3-noyabr kunlari RASUDM 9-qurultoyida "Rossiya O‘zbekistonni kutib olmoqda" mavzusida ilmiy sessiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan kelgan borgan UTT mutaxassislarining 9 ta (shundan 4 tasi UTD-1 kafedrasidan) ma’ruzasi tinglandi. Kafedra ushbu ilmiy sessiyaning hammuallifi hisoblanadi.

 

 

GIZ va GOPA (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) tomonidan   o‘tkazilayotgan "O‘zbekistonda ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish" loyihasi doirasida ishtirok 6 ta tajriba hududida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Toshkent shahri) "Tibbiyot xodimlari tomonidan apparatlarning ultratovush tekshiruvini parvarishlash va texnik xizmat ko‘rsatish" mavzusida treninglar o‘tkazish uchun kafedra xodimlari xalqaro trener va ekspert sifatida jalb etildi. Treninglarda perinatal diagnostika va shoshilinch tibbiy yordam markazlarining 122 nafar mutaxassisi ishtirok etdi va sertifikatlandi.

 

 

2023-yil 28-29-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, TXKMRM va Samsung kompaniyasi ko‘magi ostida kafedra tomonidan "Prenatal neyrosonografiya va exokardiografiyaning dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ishtirokidagi ilmiy-amaliy   konferensiyasi o‘tkazildi. Unda 300 ga yaqin ultratovush diagnostikasi mutaxassislari, Rossiya, Belorus, Koreya Respublikasidan kelgan mehmonlar ishtirok etishdi.

 

 

Kafedra negizida simulyatsiya markazlarida amaliy mashg‘ulotlar qizg‘in tarzda davom etmoqda. Bu markazlarda homila, qorin bo‘shlig‘i, neyrosonografiya, sut bezi, ginekologiya  yo‘nalishlarida fantomlar va barcha talablarga javob beradigan 4 ta zamonaviy ultratovush uskunasi mavjud.

 


 

 

2025-yil 15-fevral kuni TXKMRM da 1- ultratovush diagnostikasi kafedrasi tomonidan “Ona va bola salomatligini saqlashda innovatsion ultratovush texnologiyalari” mavzusida xalqaro ishtirokda seminar o‘tkazildi. Ma’ruza va master-klasslar «Yaroslav Mudriy nomidagi Novgorod davlat universiteti» Federal davlat byudjeti ta’lim muassasasi tarkibidagi Tibbiyot ta’limi instituti ichki kasalliklar kafedrasi professori (Velikiy Novgorod shahri), Vladimir viloyati Sog‘liqni saqlash davlat byudjeti muassasasi "Viloyat klinik shifoxonasi" ning ultratovush diagnostikasi bo‘limi boshlig‘i (Vladimir shahri), Rossiya tibbiyotda ultratovush diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar uyushmasi (RASUDM) mas’ul kotibi (Moskva shahri), RASUDM ning rasmiy lektori Bulanov Mixail Nikolayevich, shuningdek, TXKMRMning ultratovush diagnostikasi kafedrasi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi. Tadbirda 157 nafar Respublikaning turli hududlarining prenatal skrining kabinetlarining ultratovush vrachlari ishtirok etishdi.