Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

Xirurgik stomatologiya va yuz-jagʼ xirugiyasining qadimigi davrdagi shakillanishi va rivojlanishi

1967 yilda Vrachlar Malakasini Oshirish Instituti qoshida Stomatologiya kafedrasi tashkil etilgan. Keyinchalik ushbu kafedra 4 ta yo’nalishdagi kafedralarga bo’lingan. Shundan biri bizning “Xirurgik stomatologiya”kafedrasi edi. 1975 yildan boshlab kafedra tashkil qilingach unga professor, t.f.d.Xudayarov I.A rahbarlik qilgan. 2006 yildan boshlab hozirgacha kafedraga professor t.f.d. Abduqodirov A.A. rahbarlik qilmoqda. “Xirurgik stomatologiya” kafedrasi tashkil qilingandan boshlab kafedra hodimlari tomonidan ko’plab ilmiy maqolalar, xalqaro tezislar, ilmiy kitoblar, uslubiy qo’llanmalar chop etilib ommaga taqdim etildi. Shu bilan birga xalqimiz salomatligi yo’lida ko’plab yuqori saviyadagi jarrohlik amaliyotlari o’tkazildi.

Bundan ming yillab ilgari yuz-jagʼ sohasi va tish kasalliklarini xalq tabiblari oʼz ilmi va amaliyoti darajasida davolanganlar. Koʼpgina kasalliklarni davolash uchun dorivor va tabiiy oʼsimliklardan tayorlangan dorilar ishlatilgan.

Tish shifokorligining rivojlanishida XVI asrning frantsuz xirurgi Ambruaz Pare asosiy oʼrinni egallaydi.U tish sugʼurish uchun kerakli asboblarni yasadi, tish suirishga koʼrsatma va qarshi koʼrsatmalarni aniqladi, ayrim operatsiyalar texnikasini ishlab chiqdi. Xirurgik stomatologiyaning rivojlanishida XVIII asrda Frantsiyada  stomatologiyaning asoschilaridan Per Fosharning ishlari katta ahamiyat kasb etadi, u tishlar replantatsiyasi xaqda oʼzining birinchi qoʼllanmasini chiqargan olimdir.

Bu talab qondirish uchun Sankt-Peterburgdagi Qizlar tibbiyot instituti Davlat tish shifokorligi institutiga aylantirilgan va tish doʼxtirlari tayorlanishi yoʼlga qoʼyilgan. Revolyutsiyadan soʼng (1917) narkomzdrav P.G. Dauge boshchiligidagi komissiya qaroriga asosan tish va yuz-jagʼ sohasi kasalliklari tashxisoti va davolash bilan shugʼullanadigan mutaxasislarga stomatolog deb nom berilgan.

Oʼzbekiston mustaqilligi davrida xirurgik stomatologiyaning rivojlanishi yanada yangi pogʼonaga koʼtarildi. Bu rivojlanishda oʼzbek olimlaridan E.U. Maxkamov, I. A. Xudoyarov A.K. Arifjanov, A.A. Sameddinov, M. I. Azimov va boshqalarning hissalari kattadir.

Xirurgik stomatologiya kafedrasi 1975 yil professor I.A. Xudoyarov tomonidan tashkil qilingan.

I.A. Xudoyarov – Oʼzbekistonda va MDH davlatlarida taniqli yetuk pedagog, olim va klinitsist boʼlib xirugik stomatologiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qoʼshgan Kafedra mudiri lavozimida 1975 dan 2006 yilgacha ishlagan

 Ishmummin Ashurovich Surxandaryo viloyatining Jarqoʼrgʼon tumanida tugʼilib oʼsgan.

Ishmumin Ashurovich!

Ishmumin Ashurovich oʼrta maktabni tamomlaganidan soʼng ToshMIning stmatologiya fakultetini aʼlo baholarga tamomlagan. Shundan soʼng aktiv hayot pozitsiyasiga ega boʼlgan yosh mutaxasis ilmiy ishga tavsiya qilingan.

Intiluvchan yosh olim oʼz faolligi tufayli sharafli ilmiy, pedogoglik va tashkilotchilikka bagʼishlangan murakkab hayot yoʼlini bosib oʼtdi. Oʼsha paytlarda ilim choʼqqilarning eng balandini egallash uchun Sobiq Ittifoqda Leningrad shahriga aspiranturaga borib oʼqidi.

 

 

Avval nomzodlik va uni davomi sifatida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.

Nomzodlik dissertatsiyasi Soʼlak tosh kasalligining eksperimental modelini yaratishga bagʼishlangandir. Doktorlik dissertatsiyasi esa odontogen yalligʼlanish kassliklarini zamonaviy tashxisoti va davolashga bagʼishlangan.Etuk olimning qilgan ishlari oʼsha paytda Moskva, Leningrad va Ukraina olimlarinig orasida yalligʼlanish kasalliklariga xususan odontogen osteomielitga boʼlagan qarama-qarishliklarning barham topishiga hissa boʼldi.

Ishmumin Ashuruovichning ilmiy ishlarining mahsuli yuzlab ilmiy maqolalarda, bir nechta mografyailarda, mualliflik guvohnomalirda, nomzodlik dissertatsiyalarda oʼz aksini topdi va ular har kuni shifokorlaring ilim olishiga xizmat qilib kelmoqda. U oʼz xayoti davomida tarixchi olim ham boʼlib oʼzbek millati etnik gurhlari tarixini oʼrganagan va juda yaxshi bilgan sanoqli mutaxasislardandir.

 

 

Akdemik A.A. Ribakov bilan sʼezd majlisida

 

21-asr boshlarida o'quvchilari bilan

Pedogoglik faoliyati davomida minglab kursantalrni oʼqitib amaliy oʼrgatib yuksak saviyali pedagog va ustoz darajasiga erishgan. Davlatimz uning xizmatlarini qimmatbaho sovgʼalar, yorliqlar va medallar bilan taqdirlagan Uning shogirdalri hozirgi paytda kafedrada, yurtimizda va dunyoning koʼplab davlatlarida faoliyat koʼrsatishmoqda va uning xayirli ishlarini davom ettirishmoqda.