Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra yangiliklari

1. Bemorlarni ortognatik operatsiyalarga tayyorlash algoritmi ishlab chiqildi. Bu algoritm O’zbekiston tibbiyot amaliyotlariga kiritildi.Kafedrada erkin izlanuvchi F.R.Qurbonov tomonidan desertatsiya sifatida ximoya qilindi (raxbar professor A.A.Abduqodirov).

 

Klinik misol oral stomatolog va ortoped stomatolog hamkorlikda bimaksilyar osteotomiyaga bemorning ambulator tayyorgarligi

2. Ortognatik operatsiyalardan so’nggi yangi reabilitatsiya usullari algoritmi ishlab chiqildi va amaliyotga kiritildi, bu usul desrtatsiya sifatida ass.F.Sh.Muxamediyeva tomonidan ximoyaga taqdim etildi.

3. Jag’lar deformatsiyalarining o’zbek populyatsiyalarida o’ziga xosligi (kefalometrik, antropometrik, biometrik) jihatlari zamonaviy tibbiy texnika qo’llagan xolda o’rganildi va doktorlik desertatsiyasiga institut ilmiy kengashida tasdiqlandi.

4. Paski jag’ bo’g’im o’sig’i singanda quloq oldi soxasida o’tkazilgan kesuv qo’llagan xolda uni osteosintez qilish operatsiyalari amaliyotga kiritildi va erkin izlanuvchi A.R.Raximov tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

 

Bemorning amaliyotdan avvalgi va keyingi old tomondan taqqoslama ko’rinishi.

 

5. Jag’ soxasi bo’shliqli hosilalarining zamonaviy tadqiqot usullari yordamida bo’shliq hajmini aniqlagan holda transplantat miqdorini oldindan hisoblab topildi va amaliyotga tadbiq qilindi.

 

Izoh: KT tekshiruv usulida bo’shliqli hosila hajmi diametrlarini o’lchab olindi va yuza topish formulasidan foydalanib bo’shliqning hajmini aniqlandi.  6 oydan so’ng ortopantomogramma  tekshiruv asosida densitometriya

o’tkazilib suyak zichligi aniqlandi.

 

Izoh: Kistoz bo’shliq ochib tozlandi va ksenotranslantat bilan to’ldirildi.