Kafedraning ilmiy yo‘nalishi “Ratsional farmakoterapiya asoslari muommolaridir. Kafedraning ilmiy faoliyati klinik farmakologik audit- bu dori vositalaridan foydalanish sifatini baholash, dori vositalarni nojo‘ya ta’siri, ratsional farmakoterapiya, farmakoepidimiologiya, farmakodinamika, farmakokinetika va farmakogenetika.
O‘quv jarayonida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun quyidagi o‘quv bazalari jalb yetilgan: Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi, “GENOTEXNOLOGIYa” MChJ, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va boshqalar.
«Klinik farmakologiya» kafedrasi 2015 yilda tashkil topgan. Kafedrani professor, t.f.d. Mavlyanov Iskandar Raximovich boshqarib kelmoqda.
Kafedra tomonidan profilaktik tibbiyotining har bir yo‘nalishi bo‘yicha 432, 288, 144, 72, 54, 36 va 18 soatlik yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va patentlandi.
Kafedrada tibbiyotning barcha mutaxasislik yo‘nalishlari bo‘yicha (ichki va tashqi) klinik ordinatorga klinik farmakologiya sohasi bo‘yicha, hamda klinik farmakologiya bo‘yicha birlamchi spesializatsiya va qayta tayyorlash yo‘nalishlarida o‘quv jarayonini tashkillatirish va uzluksiz o‘tishini, o‘kuv rejasini bajarilishini, o‘quv-uslubiy me’yoriy xujjatlarni tuzish va amaliy qo‘llanilishini, yuqori tashkilotlarning topshiriq va ko‘rsatmalari o‘z vaqtida bajarilib kelmoqda.
Kafedrada klinik farmakologiya bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga va tibbiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha klinik ordinaturada taxsil olayotgan tinglovchilarga ushbu fan bo‘yicha 75% ma’ruzalarni professor Mavlyanov I.R. o‘qiydilar, xamda seminarlarni o‘tkazadilar. Xar yili o‘quv materiallarni (ma’ruzalar matni, prezenatsiyalar, seminar mashg‘ulotlarining uslubiy ishlanmalari va boshqalar) soxaga va respublikamiz ravnaqi bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar bilan muntazam to‘ldirib boriladi.
Kafedra xorijiy ilmiy-tadqiqot, ta’lim, tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
1. Qozog‘istonning S.D. Asfendiyarov nomidagi qozoq milliy tibbiyot instituti. Xamkorlik maqsadi talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan akademik dasturlar almashinuvi. Bakalavr, magistratura, klinik ordinatura va doktorantura bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish. Qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish.Zamonaviy tibbiyot va ilmiy tadqiqotlarda konsorsium yaratish. Xamkorlik fazifalari jamiyatni ta'lim, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy, tibbiyot, xayriya, ijtimoiy, madaniy, innovatsion va boshqa ijtimoiy-foydali sohalarda rivojlantirishga ko'maklashish.
2. Qirg‘iziston tibbiyot akademiyasi. Xamkorlik maqsadi talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan akademik dasturlar almashinuvi. Bakalavr, magistratura, klinik ordinatura va doktorantura bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish. Qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish.Zamonaviy tibbiyot va ilmiy tadqiqotlarda konsorsium yaratish. Xamkorlik fazifalari jamiyatni ta'lim, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy, tibbiyot, xayriya, ijtimoiy, madaniy, innovatsion va boshqa ijtimoiy-foydali sohalarda rivojlantirishga ko'maklashish.