TXKMRMning «Klinik farmakologiya» kafedrasi 2015 yilda tashkil topgan. Kafedramizda 4 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.
- Kafedra mudiri, professor – Mavlyanov Iskandar Raximovich
- Kafedra dotsenti – Mavlyanov Zafar Iskandarovich
- Kafedra assistenti, t.f.n. – Abdullaev Asiljon Qaxramonovich
- Kafedra assistenti – Olimov Alimordon Ruzikulovich
Kafedra tashkil topgandan, xozirgi vaqtgacha professor, t.f.d. Mavlyanov Iskandar Raximovich boshqarib kelmoqda.
Mavlyanov I.R. boshchiliklarida kafedrada ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar olib borilgan. Kafedradagi ilmiy izlanishlarning dolzarb yo‘nalishlari – “Ratsional farmakoterapiya asoslari muommolariga” bag‘ishlangan.
Uch yil davomida professor Mavlyanov I.R. raxbarligi ostida 1 ta DSc va 4 ta PhD dissertatsiyalari ximoya qilindi. Shu yillar davomida 118 ta ilmiy ish chop etilib, shundan 42 ta maqola (13 ta maqola xorijiy jurnallarda), 57 ta tezislar (respublika va xalqaro anjumanlarda), 5 ta monografiya, 2 ta qo‘llanma, 7 ta uslubiy tavsiyalar, 5 ta patent olingan.