Kafedraning ilmiy yoʻnalishlari:
Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash;
Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini tashkillashtirish;
Bioetika;
Shifokorlarni diplomdan keyingi uzluksiz kasbiy taʼlimi;
Oʻzbekistonda sil bilan kasallanishga ijtimoy-demografik va klinik omillarning taʼsiri.
2019-2024-yillar davrida kafedra tomonidan oʻtkazilgan 26 nomlanishdagi 436 ta siklda 14122 nafar tinglovchi taʼlim olgan. Jumladan, Davlat hokimiyati oliy organlarining sogʻliqni saqlashga tegishli meʼyoriy-huquqiy xujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida 18 nomlanishdagi sikllar yangitdan ishlab chiqildi va birinchi bor amaliyotga joriy etildi.
Diplomdan keyingi uzluksiz kasbiy taʼlim va sogʻliqni saqlash amaliyotiga oid ishlab chiqilgan va birinchi bor amaliyotga joriy etilgan mexanizmlar:
Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun rahbar xodimlar strategik zaxirasini shakllantirish va monitoring tizimi; xududiy sogʻliqni saqlashni boshqaruv organlari bilan xamkorlikni muvofiqlashtirish tizimi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida rahbar xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy taʼlimini tashkillashtirish konsepsiyasi (SSV 2023-yil 17-noyabrdagi 291 sonli buyrugʻi bilan tadsiqlangan);
amalda faoliyat olib borayotgan rahbar xodimlar uchun qoʻshimcha qayta tayyorlash; birinchi bor rahbar lavozimga tayinlanganlar uchun maxsus mavzuiy malaka oshirish;
sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish asoslari va yangi moliyaviy mexanizmlar boʻyicha oʻquv dasturlari;
sogʻliqni saqlash tizimi moliyaviy xizmati xodimlarining malaka oshirish tizimi;
sogʻliqni saqlash tizimining xodimlar bilan ishlashga masʼul xodimlari uchun malaka oshirish tizimi;
favqulodda vaziyatlarda tibbiy xizmatni tashkillashtirish boʻyicha malaka oshirish;
“Boshqaruvichlar maktabi” maxsus taʼlim dasturlari;
“Sogʻliqni saqlash boshqaruvchilari Online Maktab” elektron platformasi; “Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida rahbar xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy taʼlimini tashkillashtirish” shtabi;
“Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash” birlamchi ixtisoslashtirish oʻtkazish boʻyicha Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti bilan integratsion dastur;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida professional boshqaruvchilarning strategik zaxirasi, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish samaradorligini tubdan yaxshilash boʻyicha muvofiqlashtirish kengashi (barcha davlat oliy tibbiy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokida).
Amalga oshirilgan va oshirilayotgan xalqaro loyihalar:
JSST bilan xamkorlikda “Favqulodda vaziyatlar sharoitida aholini rejali immunizatsiyasini tashkillashtirish”; JSST Yevropa mintaqaviy byurosi bilan xamkorlikda “Oʻzbekistonda sil bilan qayta kasallanishga ijtimoy-demografik va klinik omillarning taʼsiri”; GFR Robert Kox instituti bilan xamkorlikda “Sogʻliqni saqlash siyosatini ishlab chiqish uchun imkoniyatlar va infratuzilmalar — aholi salomatligining umumiy chora-tadbirlari uchun axborot tizimlarini kuchaytirish”; AQSH Milliy salomatlik instituti bilan xamkorlikda “Xalqaro bioetika tadqiqotlari boʻyicha diplomdan keyingi taʼlim”; Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti bilan xamkorlikda “Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash” mutaxassisligi boʻyicha qoʻshma oʻquv dasturlari joriy etish va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.