Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Kafedra tarixi

Kafedra 1947-yilda “Ijtimoiy gigiyena va sogʻliqni saqlashni tashkil qilish” nomi bilan tashkil etilgan. Kafedraning asoschisi va birinchi mudiri OʻzSSR da xizmat koʻrsatgan Fan va texnika arbobi, xizmat koʻrsatgan vrach, t.f.n., dotsent Moʻminov Yakub Karimboyevich, Ya.K.Moʻminov 1956-yilga qadar ushbu kafedraga rahbarlik qilish bilan birga Semashko nomidagi kurortologiya va fizioterapiya institutining direktori lavozimida ishlagan.

Kafedrani 1956-1957 yy. t.f.n., A.Ya.Karasyov, 1957-1962 yy. dotsent A.B.Shevelev, 1962-1964 yy. davomida dotsent Ye.S.Tim, 1964-1988 yy. davrida OʻzSSR da xizmat koʻrsatgan vrach, t.f.d., professor S.A.Agzamxodjayev, 1988-1991 yy. dotsent A.B. Bakiyev, 1991-1994 yy. davomida dotsent A.M.Xamitova, 1994-2023 yy. Davomida t.f.d., professor D.A.Asadov boshqargan. 2023-yil sentyabr oyidan xozirga qadar kafedrani t.f.d., dotsent X.D.Asadov boshqarmoqda.

Kafedra rivojiga faoliyat davrlarida B.T.Tulyaganov, R.A.Kovalevskaya, S.Yu. Arzumetov, Ye.A.Semensova, O.M.Agzamova, N.M. Mamatova, G.N.Bekbauliyeva, A.M.Najmitdinov, N.J.Xodjayeva, Z.B.Botirova, P.R. Menlikulov, S.I. Ismailov, L.Yu.Kupsova, T.G.Axmedov, R.K.Salixodjayeva, I.G. Gorbunova, N.N. Fayziyeva  kabi mutaxassislar salmoqli hissa qoʻshganlar.

Kafedrada 25 nafar tibbiyot fanlari doktori va 40 nafar tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlangan. Ayni davrda 2 ta doktorlik va 5 ta nomzodlik dissertatsiyalari boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Kafedra xodimlari tomonidan 900 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan.

Professor-oʻqituvchilar tarkibi

1. Asadov  X.D.- kafedra mudiri, t.f.d., dotsent,

2. Asadov D.A. -  kafedra professori, t.f.d., professor,

3. Narmuxammedova N.A. - kafedra dotsenti, t.f.d.,

4. Xakimov V.A. - kafedra dotsenti, t.f.n.,

5. Xamrayev A.K. - kafedra dotsenti, t.f.d.,

6. Muxammadiyev R.Z. - kafedra dotsenti, PhD i.f. boʻyicha,

7. Aripov T.Yu. - kafedra katta oʻqituvchisi, t.f.n.,

8. Sodiqxoʻjayeva D.A. - kafedra katta oʻqituvchisi,

9. Abduraximova S.B. - kafedra katta oʻqituvchisi,

10. Agzamov A.A. - kafedra katta oʻqituvchisi, t.f.n.,

11. Islomova N.A. – sinf xona mudiri.