Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

"Inson va salomatlik" XII xalqaro kongressi

04 Apr 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Toshkent                                              04.04.2025

3 aprel kuni Toshkentda "Inson va salomatlik" XII xalqaro kongressi o‘z ishini boshladi va u 3-4-aprel kunlari davom etadi. Tadbirning ochilish marosimida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori, professor Xabibulla Akilov kongressni tabrik so‘zi bilan ochib berdilar.

Kongress O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etildi.

Unda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi kursantlari, ordinatorlari, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan malakali shifokorlar va mutaxassislar, xalqaro spikerlar ishtirok etmoqda. Tadbir onlayn va offlayn formatda o‘tkazilmoqda.

Kun tartibida tibbiyot sohasidagi zamonaviy tashxis va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, shifokorlar o‘rtasida tajriba almashish va tibbiy innovatsiyalar bilan tanishish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Ushbu konferensiya butun ilmiy tibbiyot dunyosi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, shifokorlar uchun muhim tadbir hisoblanadi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                     Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                      M.B.Mustafoyeva