Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

“Jamiyatda ayollarning o`rni va roli”

21 May 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Toshkent                                      20.05.2025

2025 yil 20 mart kuni “Shifokor” MTYo da “Jamiyatda ayollarning oʻrni va roli” mavzuida ma'naviy- ma'rifiy musiqiy tadbir boʻlib oʻtdi.  Tadbirdan koʻzlangan maqsad xotin-qizlarni huquq va manfaatlari, gender tenglikni taminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Ayollarning ilmiy va ma'naviy saviyasini yuksaltirish borasida markazda qator ishlar olib borilmoqda, chunki oʻqimishli oliy ma'lumotli ayol oilada ham, ishda ham, jamiyat hayotida ham hamma narsaga ilm-ma'rifat bilan ongli yondashadi va ishtirok etadi.

Markazda nafaqat xalq salomatligi yoʻlida, balki oʻz aql zakovati, mehr oqibati, sabru qanoati bilan barchaga ibrat boʻlib kelayotgan faxrli ayollarimizning borligi ham markaz yutugʻi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tazyiq va zoʻravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish boʻyicha sa'y-harakatlarni doimiy ravishda izchil amalga oshirish sodir etilayotgan zoʻravonlikning kamayishiga olib kelishi aniq.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                         Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                      M.B.Mustafoyeva