Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Tibbiyot, ma`naviyat va madaniyat uyg`unligi

27 Mar 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Xirurgiya fakulteti

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi

Bugun, 2025 yil 27 mart kuni Markaz majlislar zalida Xirurgiya fakultetining Navroʼz umumxalq bayramiga bagʼishlangan maʼnaviy-maʼrifiy, musiqiy tadbiri boʼlib oʼtdi. Tadbirni fakultet dekani t.f.d., dotsent S.S.Kariev kirish soʼzi bilan ochib berdi va Navroʼz umumxalq bayrami bilan yigʼilganlarni tabrikladi.

”Shoshilinch xirurgiyada kam uchraydigan holatlar” mavzuida “Shoshilinch tibbiy yordam” kafedrasi professori F.B.Alidjanovning, maʼruzasi baxs-munozaralarga boy boʼldi.

”Tug‘ma yurak nuqsonlarida prenatal ultratovush diagnostikasi” mavzuida “Ultratovush diagnostikasi” kafedrasi mudiri, dotsent N.M.Normurodovaning dolzarb hamda qiziqarli maruzasi muhokamalarga sabab boldi.

 Tadbirning soʼnggi qismida El ardog‘idagi sanatkor O’zbekiston Respublikasi xalq artisti Zulayho Boyxonovaning dilga xush yoquvchi kuy qoʼshiqlari Xirurgiya fakulteti professor oʼqituvchilari, kursant tinglovchilari, klinik ordinatorlari uchun maʼnaviy ozuqa ulashdi desak mubolagʼa boʼlmaydi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                     Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                      M.B.Mustafoeva