
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazini “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi boshqaruv xodimlarini uzluksiz kasbiy ta’limini takomillashtirish bo‘yicha xududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari va oliy tibbiy ta’lim muassasalari bilan tizimli tartibda xamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining 2025-yil 5-martdagi 44-ich sonli “Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi muassasalar rahbar xodimlari uchun 72 kreditli “Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash asoslari” integratsion mavzuiy malaka oshirish kursini o‘tkazish to‘g‘risida” buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida birinchi 72 kreditli “Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash asoslari” integratsion mavzuiy malaka sikli gibrid tartibda 2025-yil 19-31-may kunlari o‘tkazildi.
Ushbu gibrid tartibdagi siklning 2025-yil 26-31-may davridagi sayyor modulini o‘tkazish bilan bir qatorda kafedra xodimlari tomonidan xududiy xamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat olib borildi. Jumladan, Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi (FVSSB) boshligi B.Q.Primqulov, Farg‘ona jamoat salomatligi instituti (FJSI) rektori A.A.Sidikov va davolash ishlari bo‘yicha prorektori F.Yu.Yuldashovlar bilan muzokaralar otkazildi. Muzokaralarda TXKMRM, FVSSB va FJSI o‘rtasida xamkorlik yo‘nalishlari taxlili o‘tkazildi. Ya’ni, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash tizimi uchun rahbar xodimlami tayyorlash, qayta tayyorlash va ulaming uzluksiz kasbiy ta’limini; integratsion o‘quv dasturlarini; akademik mobillikni; qo‘shma ilmiy tadqiqotlami o‘tkazish yo‘nalishlari muxokama qilindi. O‘tkazilgan muzokaralar natijasi sifatida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini “Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash” sohasidagi 2025-2027-yillarga xamkorligi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi, tomonlar bilan kelishtirildi hamda mazkur tashkilotlar rahbarlari tomonidan imzolandi. Xamkorlikning dastlabki bosqichi sifatida kafedra xodimlarini 2025-yil 31-may kuni Farg‘ona jamoat salomatligi instituti asosiy kampusi bilan tanishtiruv o‘tkazildi. “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi professori D.A.Asadov institut kampusida yangitdan tashkil qilingan kutubxonani ochilish marosimida ishtirok etdi. Shuningdek akademik mobillik yo‘nalishi bo‘yicha professor D.A.Asadov institut professor-o‘qituvchilari va talabalari, jami 250 nafar tinglovchilar uchun mamlakat sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlaming navbatdagi bosqichiga bag‘ishlangan ma’ruza o‘qidi.