
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Toshkent 27.05.2025
1-Xirurgiya kafedrasi mudiri, professor, akademik faxriy ustoz, atoqli jarroh Nazirov Feruz Gafurovich tavalludining 75 yillik yubileyi!
Bugun tibbiyot jamoatchiligi o‘z umrini xalq salomatligiga bag‘ishlagan, fidoyi shifokor, tajribali ustoz va hurmatli inson, akademik Nazirov Feruz Gafurovichning 75 yillik yubileyini keng nishonlamoqda!
Feruz Gafurovich o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida mamlakatimizda jarrohlik sohasining taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan, yuzlab yosh shifokorlarning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga sababchi bo‘lgan. U nafaqat yuqori malakali amaliyotchi, balki ilm-fan va ta’lim sohasining faol targ‘ibotchilaridan biridir.
Zamonaviy jarrohlik usullarini joriy qilish, ilmiy maqolalar chop etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ham uning xizmatlari beqiyosdir.