Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

“Xalqaro institutsional akkreditatsiya Sertifikati”

29 May 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Toshkent                                               29.05.2025

 

 “Bugun zamon o‘zgardi. Endi hammamiz

erkinlik, ochiqlik, oshkoralik sharoitida ishlashga 

o‘rganishimiz lozim. Barcha rivojlangan davlatlar, 

dunyo hamjamiyati shunday yashamoqda” deb

ta’kidlaydi Muhtaram Prezidentimiz

 

Sh.M.Mirziyoyev

 

Bugungi shiddatli zamonda, globall miqyosda raqobat kuchayib borayotgan murakkab vaziyatda yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlarga - ayniqsa tibbiyot soxasi vakillariga ehtiyoj har qachongidan ham ortib borishi natijasida o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan va mas’uliyatli vazifalardan kelib chiqib, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish uchun tub o‘zgarishlar olib borilishi natijasida, Ta'lim va sog'liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta'minlash bo'yicha Yevroosiyo markazi (ECAQA) tomonidan ECAQA oliy o'quv yurtidan keyingi va qo'shimcha ta'lim tibbiyot muassasalarini institutsional akkreditatsiya qilish standartlariga muvofiqligini tasdiqlovchi “Xalqaro institutsional akkreditatsiya Sertifikati” qo’lga kiritildi.

Bu borada ana shunday yuksak burchni aniq natijalar, amaliy ishlar bilan oqlangani muhtaram Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lida boshlangan keng ko‘lamli ishlarga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi.