Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

IV Xalqaro “Ayollar salomatligi” forumi

28 Fev 2025

Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi

Ma’naviyat va Ma’rifat bo‘limi

Toshkent                                                   28.02.2025

2025-yil 28-fevral kuni, «International Tashkent» mehmonxonasida IV Xalqaro “Ayollar salomatligi” forumi bo’lib o’tdi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan. Asosiy maqsad – ilg‘or diagnostika va davolash usullarini tibbiy amaliyotga joriy etish hamda tibbiy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Forum doirasida reproduktiv salomatlik, ginekologiya, urologiya, pediatriya va sun’iy urug‘lantirish (ART) bo‘yicha ma’ruzalar va muhokamalar o‘tkazildi. O‘zbekiston va xorijiy ekspertlar zamonaviy tibbiyotdagi yutuqlar va ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, zamonaviy klinik usullar bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Ushbu forum tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi!

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                   Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                  M.B.Mustafoyeva