
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Toshkent 18.06.2025
2025-yil 16-iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamkorligida Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish markazida, tasdiqlangan "Kasalliklarning xalqaro statistik tasnifining 11-reviziyasi (XSKB-11) asosida tashxis qo‘yish va tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi" dasturiga asosan, markazning professor-o‘qituvchilari orasidan trener-o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha 36 kreditlik o‘quv tsikli tashkil etildi.
Tadbir markaz direktori, professor X.A. Akilovning buyrug‘iga muvofiq tashkil etildi.
Tashxis qo‘yish va tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish tartibiga bag‘ishlangan, Kasalliklarning xalqaro statistik tasnifining 11-reviziyasi (XSKB-11) asosidagi o‘quv dasturi sog‘liqni saqlash tizimining yangilangan xalqaro tasnifga global o‘tishi doirasida ishlab chiqilgan, dolzarbligi yuqori bo‘lgan ta’limiy resurs hisoblanadi. XSKB-11ni joriy etish tibbiyot sohasidagi axborot jarayonlarini, jumladan tashxis qo‘yish, kodlash, tibbiy statistika va sog‘liqni saqlashni boshqarish tizimlarini modernizatsiya qilish yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi. Shu munosabat bilan ushbu dastur yangi me’yoriy va axborot sharoitlarida samarali faoliyat yurita oladigan mutaxassislarni tayyorlashda strategik ahamiyat kasb etadi.
"Xalqaro kasalliklarning statistik tasnifi. O‘tmish, hozirgi davr va kelajak" mavzusidagi birinchi ma’ruzani menejment, ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash fakulteti dekani, professor B.A. Magrupov o‘qidi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Muniraxon Sadikjanovna Kasimova ushbu o‘quv kursining tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish hamda ta’lim va tibbiy amaliyotga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: Sh.R.Maksudova
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti: M.B.Mustafoyeva