Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

O`TKIR SEREBROVASKULYAR KASALLIKLARDA INTENSIV TERAPIYA

04 Iyn 2026

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi.

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.

 

“O‘TKIR SEREBROVASKULYAR KASALLIKLARDA INTENSIV TERAPIYA”

2026-yil 9–12-iyun

Hurmatli hamkasblar!

 

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi sizlarni 2026-yilning 9–12-iyun kunlari amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatishga bag‘ishlangan Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida onlayn va oflayn shakllarda bo‘lib o‘tadigan “O‘TKIR SEREBROVASKULYAR KASALLIKLARDA INTENSIV TERAPIYA” nomli xalqaro maktab-seminarda ishtirok etishga taklif qiladi.

Xalqaro maktab-seminar o‘tkaziladigan joylar: Toshkent shahri – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM), (Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 2-uy), Samarqand shahri – RShTYoIM Samarqand filiali (Maxdumi A’zam ko‘chasi, 18-uy), Buxoro shahri – RShTYoIM Buxoro filiali (Bahouddin Naqshband ko‘chasi, 159-uy).

Maktab-seminarda serebrovaskulyar kasalliklarni tashxislash va davolashga qiziquvchi barcha mutaxassislar (reanimatologlar, nevropatologlar, terapevtlar, kardiologlar, tez yordam shifokorlari, umumiy amaliyot shifokorlari) ishtirok etishi mumkin.

 

Ma’ruzachilar: professor K.M. Lebedinskiy (Rossiya), professor V.X. Sharipova (O’zbekiston), t.f.d. Simutis I.S. (Rossiya), t.f.n. O.Ye. Satishur (Belarus), O.V. Lebedinskaya (Rossiya).

 

Maktab seminar gibrid shaklda (oflayn va onlayn Zoom platformasida o‘tkaziladi Konferensiya identifikatori: 852 2832 1759, Kirish kodi: 054252

https://us06web.zoom.us/j/85228321759?pwd=j0YRYpTi2fdwHrjpV84Fz5Q7datKMo.1)

 

Maktab seminarning rasmiy tillari: o‘zbek, rus.

Maktab seminarda ishtirok etish bepul. Barcha oflayn ishtirokchilar seminarda qatnashganlik to‘g‘risidagi sertifikatni olishlari mumkin. Buning uchun ular seminar boshlanishidan oldin ro‘yxatdan o‘tgach, pasportlari nusxalarini taqdim etishlari lozim. Seminar yakunida ularga sertifikatlar topshiriladi. E’tibor bering, sertifikatlar faqat pasport egalarining o‘ziga shaxsan beriladi.

 

Bog`lanish uchun: 998909821652; 998933994544; 998909266015

E-MAIL: uzmedicine@mail.ru