
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Toshkent 06.05.2025
2025-yil 6-may kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Chegarasiz pediatriya – 2025” II xalqaro kongressi o‘z ishini boshladi.
Kongressda nafaqat yurtimizning barcha hududlaridan kelgan yetuk mutaxassislar, balki yaqin xorij davlatlaridan tashrif buyurgan taniqli spikerlar ham ishtirok etmoqda.
Ayniqsa, markazning klinik ordinatorlari, kursantlari va professor-o‘qituvchilari faol qatnashmoqda — bu ular uchun katta tajriba, kasbiy o‘sish va ilmiy izlanishlar sari muhim qadamdir. Bu kongress nafaqat ilmiy maydon, balki yosh mutaxassislar uchun ishonch, ilhom va professional o‘sish manbaiga aylangan.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: Sh.R.Maksudova
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti: M.B.Mustafoyeva