Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Faxriy unvon – xalqaro e`tirof!

25 Apr 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi

Toshkent sh                                                  24.04.2025

Bugun markazimiz hayotida yana bir quvonchli voqea ro‘y berdi! Ilm-fan va tibbiyot sohasida yillar davomida fidokorona xizmat qilgan, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori, professor Akilov Xabibulla Ataullaevichga Qirg‘izistonning Osh davlat universiteti tomonidan “Faxriy professor” unvoni tantanali ravishda topshirildi!

Ushbu unvon Osh davlat universiteti Ilmiy kengashining 2024-yil 25-dekabrdagi qarori asosida rasmiylashtirildi. Bu yuksak mukofot – professor X.A.Akilovning sog‘liqni saqlash, ta’lim va ilmiy izlanishlardagi beqiyos hissasining munosib e’tirofidir.

Faxriy unvonlar – bu nafaqat shaxsiy yutuq, balki butun tibbiyot sohasi va ta’lim tizimimizning xalqaro miqyosdagi e’tirofidir.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                     Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                      M.B.Mustafoeva