Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

“Qon donorligi haftaligi”

04 Apr 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Toshkent                                                 01.04.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28 fevraldagi “Donorlik harakatini qo’llab quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish to’g’risida” gi O’RQ-1041-sonli qarori yuzasidan qabul qilingan Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 24 martdagi 02-10/6518-sonli topshiriq xatining ijrosini ta’minlash maqsadida, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2025 yil 28 mart kuni 49-sonli ichki buyrug‘i  qabul qilingan.

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida “Qon donorligi haftaligi” doirasida 2025 yil 1 aprel kuni 27 nafar tibbiyot xodimlari donor sifatida  faol ishtirok etdilar xamda 12,14 L qon topshirdilar.

Ushbu loyihada peshqadam bo’lgan “Terapiya” fakultetiga alohida minntadorchilik bildiramiz.

Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish Dasturi ijrosini ta’minlash borasida ommaviy axborot vositalarida donorlik harakatini targ‘ib etuvchi videoroliklar yaratildi.

  

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                     Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                      M.B.Mustafoyeva