Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Ilm-fan va tibbiyot sohasidagi ulkan yutuq!

08 Apr 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Toshkent                                         2025 yil 7 aprel

Akilov Xabibulla Ataullaevich Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori, Qirg‘izistonning Osh davlat universiteti tomonidan “Faxriy professor” unvoni bilan taqdirlandi.

Bu unvon Osh davlat universiteti Ilmiy kengashining 2024-yil 25-dekabrdagi 4-sonli bayoni asosida rasmiylashtirildi. Ushbu yuksak e’tirof – professor Akilovning yillar davomida sog‘liqni saqlash, ta’lim va ilmiy sohalarga qo‘shgan beqiyos hissasi natijasidir.

Professor X.A.Akilov tomonidan boshqarilayotgan Markaz qisqa vaqt ichida respublikamizdagi yetakchi tibbiy ta’lim va malaka oshirish muassasasiga aylandi. Ularning sa’y-harakatlari tufayli minglab shifokorlar va tibbiyot xodimlari zamonaviy bilimlar bilan qurollanib, o‘z sohasining malakali mutaxassislariga aylanishmoqda.

Professorning tashabbusi va faoliyati bilan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi hamda Osh davlat universiteti o‘rtasida rasmiy memorandum imzolandi. Ushbu memorandum ilmiy-akademik hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ikki tomonlama ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bu unvon nafaqat shaxsiy yutuq, balki O‘zbekiston tibbiyot ta’limining xalqaro miqyosda tan olinishining yaqqol ifodasidir.