
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Toshkent 30.04.2025
Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti o‘zining 70 yilligini nishonlamoqda!
Ushbu muhim sanada Andijon davlat tibbiyot institutida mamlakatimizdagi yetakchi tibbiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professorlar va soha yetakchilari – tibbiyot fidoiylari jam bo‘lishdi. Bu muhim tadbir tibbiy ta’limda avlodlar davomiyligi, ilmiy tajriba almashinuvi va o‘zaro hamkorlikning yorqin namunasi bo‘ldi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi nomidan, joriy yilda muborak 93 yilligini nishonlayotgan markazimiz direktori, professor Xabibulla Ataullayevich Akilov tabrik so‘zi bilan chiqdi. U institutning milliy tibbiyot taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi, mutaxassis tayyorlashdagi yuqori saviyani e’tirof etdi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti rektoriga esdalik tarixiy sovg‘a topshirdi. Shuningdek, u institut jamoasiga chuqur minnatdorchilik bildirib, ularning sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashdagi hissasini yuksak baholadi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: Sh.R.Maksudova
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti: M.B.Mustafoyeva