Kafedra joylashgan Sh.Alimov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida malaka oshirish va ixtisoslashtirish uchun kelgan tinglovchilar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Quyidagi boʻlimlarda tinglovchilar amaliy kasb mahoratlari oshiriladi: Ftiziatriya, ftiziopediatriya, torakal xirurgiya, ftiziourologiya, ftizioortopediya, Oʻpkadan tashqari a'zolar kasalliklari va endovizual tashxislash va davolash boʻlimi, reabilitasiya, Pulmonologiya anesteziologiya va reanimasiya boʻlimlari
Kafedrada ftiziatriyaning barcha yoʻnalishlari boʻyicha ma'ruza, seminar va amaliy darslar olib boriladi.
Kafedra xodimlari Respublika hamda xorijiy ilmiy-amaliy anjumanlarda ma'ruzalar bilan, shuningdek, anjuman tashkilotchilari sifatida faol ishtirok etadilar
Kafedra xodimlari SSV va markaz tomonidan tashkil etiladigan turli ma'daniy-ma'rifiy va sogʻlomlashtirish tadbirlarda xam faol ishtirok etib keladilar
Kafedra xodimlari mukofotlari:
Kafedra mudiri Alidjanov S.K. va dosentlari Xakimov M.A.va Sabirov Sh.Yu.lar ham davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar